Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Кунлик вазифалар белгилаб олинди
янв.21
Сайловчилар олдидаги ҳисобот — ишонч ва масъулият ифодаси
янв.21
Депутат ва ёшлар: муаммо, таклиф ва ечим
янв.21
Зарбдор маҳалласида фуқаро мурожаати ўрганилди
янв.21
Кўчама-кўча ўрганишлар — аҳоли ташвишларига ечим излаб
янв.21
33-сонли мактабнинг иситиш тизимидаги муаммо — депутат эътиборида
янв.21
Таълимга эътибор — амалий кўмакда намоён
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотининг кадастр муаммоси — депутат эътиборида
янв.21
10-сонли мактабгача таълим ташкилотида куз-қишга тайёргарлик ва мавжуд муаммолар ўрганилди
янв.21
ЁШЛАРНИНГ ВАТАНГА САДОҚАТИ — ЮРТ КЕЛАЖАГИГА ИШОНЧ
#kunlik_ish_reja_ijrosi #biriktirilgan_tashkilot #24_ta_masala #kuz_qishga_tayyorgarlik

Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashi deputatlari Abror Egamberdiyev va Abdunazar Narmuratovlar “Sayrak” mahallasida joylashgan 60-sonli oilaviy poliklinikada bo‘lib, tibbiyot muassasasining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati, shuningdek, amalga oshirilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlarining borishini joyiga chiqqan holda o‘rgandilar.

O‘rganish davomida muassasaning kuz-qish mavsumini barqaror va samarali o‘tkazishga tayyorgarligi, bino va inshootlarning texnik holati, isitish tizimlarining sozligi hamda qurilish-ta’mirlash ishlarining belgilangan talablar asosida olib borilayotganligiga alohida e’tibor qaratildi.

Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, mavjud muammolar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berish, shuningdek, ishlarni sifatli va belgilangan muddatlarda yakunlash masalalari deputatlar nazoratiga olindi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz

Slide 1 of 7