Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
13-сонли мактабгача таълим ташкилотидаги муаммолар юзасидан депутатлик сўрови юборилди
янв.21
Бешбулоқ маҳалласида моддий ёрдам масаласидаги мурожаат ўрганилди
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотининг куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
48-сонли мактабда бола ҳуқуқларига бағишланган учрашув бўлиб ўтди
янв.21
32-сонли мактабда ўқувчилар билан очиқ мулоқот ўтказилди
янв.21
Мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлиги ўрганилди
янв.21
24 талик тавсия ижроси доирасида мактабда китоблар кўргазмаси ташкил этилди
янв.21
#Депутат назорати
янв.21
Мавсумий қишлоқ хўжалиги ишлари ўрганилди
янв.21
#Депутат фаолияти
“Tug‘onboshi” mahallasida profilaktika inspektori faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi “2025-yilda Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1-sonli qarori ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

️Mazkur o‘rganish Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati Sh.Rasulova tomonidan “Tug‘onboshi” mahallasida profilaktika inspektorining faoliyati yuzasidan amalga oshirildi.

O‘rganish davomida profilaktika inspektori faoliyati uchun yaratilgan sharoitlar ham ko‘zdan kechirildi. Jumladan, profilaktika inspektori alohida xona, zarur texnik vositalar hamda xizmat uyi bilan ta’minlangani aniqlandi.

Shuningdek, mahalla hududida jami 110 ta kuzatuv kamerasi ishga tushirilgani qayd etildi. Mazkur kameralar hududdagi xavfsizlikni ta’minlash, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish va jamoat tartibini nazorat qilishda muhim vosita hisoblanadi.

Shu bilan birga, o‘rganish jarayonida kuzatuv kameralarining barqaror ishlashi hamda mahalla idorasida faoliyat yuritish uchun zarur bo‘lgan internet tizimining tezligi va sifati talab darajasida emasligi aniqlandi.

Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida tegishli mas’ul tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborish belgilandi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 6