Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Кунлик вазифалар белгилаб олинди
янв.21
Сайловчилар олдидаги ҳисобот — ишонч ва масъулият ифодаси
янв.21
Зарбдор маҳалласида фуқаро мурожаати ўрганилди
янв.21
Депутат ва ёшлар: муаммо, таклиф ва ечим
янв.21
Кўчама-кўча ўрганишлар — аҳоли ташвишларига ечим излаб
янв.21
33-сонли мактабнинг иситиш тизимидаги муаммо — депутат эътиборида
янв.21
Таълимга эътибор — амалий кўмакда намоён
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотининг кадастр муаммоси — депутат эътиборида
янв.21
10-сонли мактабгача таълим ташкилотида куз-қишга тайёргарлик ва мавжуд муаммолар ўрганилди
янв.21
ЁШЛАРНИНГ ВАТАНГА САДОҚАТИ — ЮРТ КЕЛАЖАГИГА ИШОНЧ
Marg‘ilonning xalqaro maydondagi nufuzi yuksalmoqda

O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi hududlari Kengashining III yig‘ilishi hamda iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning 27-yig‘ilishi doirasida Rossiya Federatsiyasi Hukumati Raisining birinchi o‘rinbosari Denis Manturov boshchiligidagi delegatsiyaning Marg‘ilon shahriga tashrifi shahrimiz hayotidagi muhim voqealardan biri bo‘ldi.

Nufuzli xalqaro tadbir doirasida xorijiy delegatsiyaning Marg‘ilonda bo‘lishi qadimiy va betakror shahrimizga bo‘lgan e’tibor, uning iqtisodiy, madaniy va turistik salohiyatiga berilayotgan yuksak bahoning amaliy ifodasidir.

Marg‘ilon tarixan hunarmandchilik,yengil sanoat va toʻqimachilik, savdo-sotiq, ilm-ma’rifat rivojlangan shaharlardan biri sifatida tanilgan. Bugungi kunda esa bu salohiyat xalqaro hamkorlikning yangi imkoniyatlari bilan uyg‘unlashib bormoqda. Ayniqsa, Rossiya hududlari bilan turizm, hunarmandchilik, tadbirkorlik, madaniyat va boshqa yo‘nalishlarda hamkorlikni kengaytirish Marg‘ilon uchun yangi istiqbollarni yuzaga chiqaradi.

Denis Manturov boshchiligidagi delegatsiyaning Marg‘ilonga tashrifi shahrimizning xalqaro aloqalardagi o‘rni tobora mustahkamlanayotganini ko‘rsatdi. Bu esa biz, mahalliy Kengash deputatlari zimmasiga mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, yangi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash va ularning natijadorligini xalq manfaatlari nuqtayi nazaridan nazorat qilishdek muhim vazifalarni yuklaydi.

Slide 1 of 2