Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Кунлик вазифалар белгилаб олинди
янв.21
Сайловчилар олдидаги ҳисобот — ишонч ва масъулият ифодаси
янв.21
Депутат ва ёшлар: муаммо, таклиф ва ечим
янв.21
Зарбдор маҳалласида фуқаро мурожаати ўрганилди
янв.21
Кўчама-кўча ўрганишлар — аҳоли ташвишларига ечим излаб
янв.21
33-сонли мактабнинг иситиш тизимидаги муаммо — депутат эътиборида
янв.21
Таълимга эътибор — амалий кўмакда намоён
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотининг кадастр муаммоси — депутат эътиборида
янв.21
10-сонли мактабгача таълим ташкилотида куз-қишга тайёргарлик ва мавжуд муаммолар ўрганилди
янв.21
ЁШЛАРНИНГ ВАТАНГА САДОҚАТИ — ЮРТ КЕЛАЖАГИГА ИШОНЧ
#biriktirilgan_tashkilot

🇺🇿 Xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashi deputati D.Mehmonova Quvasoy shahar Kadastr bo‘limida bo‘lib, sohaga oid qonunchilik hujjatlari ijrosi va aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati bilan yaqindan tanishdi. O‘rganish davomida “Davlat kadastrlari to‘g‘risida”gi Qonun talablarining bajarilishi, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash holati hamda fuqarolar uchun yaratilgan shart-sharoitlar ko‘rib chiqildi. 📌 Ayniqsa, “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (O‘RQ-937-son, 05.08.2024-y.) ijrosi yuzasidan bo‘lim tomonidan olib borilayotgan amaliy ishlarga e’tibor qaratildi. Deputat fuqarolarning egalik huquqlarini e’tirof etish bo‘yicha tushayotgan arizalarning ko‘rib chiqilish tartibi, hujjatlarni shakllantirish shaffofligi hamda belgilangan muddatlarga rioya etilishini tahlil qildi. 💬 Muloqot yakunida aholi murojaatlarini ko‘rib chiqishda sun’iy g‘ovlarni bartaraf etish, O‘RQ-937-sonli Qonun doirasida fuqarolarga huquqiy va amaliy ko‘mak berish ko‘lamini oshirish hamda bo‘limda ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari samaradorligini yanada yaxshilash bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 4