Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
13-сонли мактабгача таълим ташкилотидаги муаммолар юзасидан депутатлик сўрови юборилди
янв.21
Бешбулоқ маҳалласида моддий ёрдам масаласидаги мурожаат ўрганилди
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотининг куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
48-сонли мактабда бола ҳуқуқларига бағишланган учрашув бўлиб ўтди
янв.21
32-сонли мактабда ўқувчилар билан очиқ мулоқот ўтказилди
янв.21
Мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлиги ўрганилди
янв.21
24 талик тавсия ижроси доирасида мактабда китоблар кўргазмаси ташкил этилди
янв.21
#Депутат назорати
янв.21
Мавсумий қишлоқ хўжалиги ишлари ўрганилди
янв.21
#Депутат фаолияти
Kengash_faoliyati

#kunlik_ish_reja_ijrosi
#19_1_modda
#kotibiyat_xodimi_faoliyati
#deputat_faoliyati
#24_ta_masala

Bandixon tumanida infratuzilma rivoji: Qaldirg‘och mahallasida 1 km yo‘lga asfalt yotqizildi

Bandixon tumanida yo‘l-kommunikatsiya tarmoqlarini yaxshilash, hududlarda aholi uchun munosib va xavfsiz sharoitlarni yaratish borasidagi davlat dasturlari ijrosi ustidan jamoatchilik va deputatlik nazorati qat’iy olib borilmoqda.

Xalq deputatlari Bandixon tuman Kengashining 16-"Qaldirg‘och" saylov okrugidan saylangan deputat D.Qudratovga biriktirilgan tuman Kengashi kotibiyati xodimi B.Qurbonov "Qaldirg‘och" MFY Qo‘rg‘onqala ko‘chasida bo‘lib, amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlarini joyida o‘rgandilar.

O‘rganishlar davomida Qo‘rg‘onqala ko‘chasining 1 kilometr qismiga yotqizilgan asfalt qoplamasining texnik parametrlari, qalinligi hamda shaharsozlik va qurilish me’yorlariga mos kelishi chuqur tahlil qilindi. Pudratchi tashkilot mas’ullarining axborotlari tinglanib, bajarilgan ishlarning sifati maxsus mutaxassislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi.

Tadbir yakunida yangi foydalanishga topshirilayotgan yo‘lning mustahkamligini saqlash, kelgusida ham hududiy infratuzilmani rivojlantirish loyihalarida yuqori sifat va shaffoflikni ta’minlash bo‘yicha mas’ullarga qat’iy tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 2