Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Қорасув маҳалласида камбағалликни қисқартириш бўйича ишлар ўрганилди
янв.21
Қорасув маҳалласида қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Депутат ёшларнинг мурожаат ва ташаббусларини тинглади
янв.21
14-Тошкент сайлов округида хонадонбай ўрганишлар олиб борилди
янв.21
Депутат ёшлар билан мулоқот қилиб, уларнинг таклиф ва ташаббусларини тинглади
янв.21
«Машъал» маҳалласида ёшлар билан ишлаш ҳолати ўрганилди
янв.21
Моддий ёрдам масаласидаги мурожаат ўрганилди
янв.21
Ахборот-кутубхона марказига бино ажратиш масаласида депутатлик сўрови йўлланди
янв.21
Ўқувчилар билан жиноятчиликнинг олдини олиш мавзусида учрашув ўтказилди
янв.21
24 талик тавсия ижроси доирасида кўп қаватли уйларнинг лифтлари ва ертўлалари ҳолати ўрганилди
AHOLI BANDLIGI: FUQAROLAR BILAN OCHIQ MULOQOT O‘TKAZILDI

Xalq deputatlari Arnasoy tuman Kengashi deputati U. Qo‘qonov tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 20-oktabrdagi “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan o‘z saylov okrugidagi Bobur MFYda aholi bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvda tuman Kengashi huzurida tashkil etilgan ekspert hamda yoshlar maslahat guruhlari a’zolari ham ishtirok etdi. Muloqot davomida fuqarolarning bandlik masalalariga oid murojaatlari, takliflari va mavjud muammolari tinglandi.

Shuningdek, mahalladagi “mahalla yettiligi” tomonidan aholining bandligini ta’minlash, fuqarolarni doimiy va barqaror daromad manbalariga yo‘naltirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan axborot va hisobotlar eshitildi.

Uchrashuv davomida aholining bandligini ta’minlash, mavjud mehnat resurslaridan samarali foydalanish, fuqarolar uchun qo‘shimcha daromad manbalarini yaratish hamda bandlik masalalarida mavjud muammolarni hal etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Yakunda fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlarni tegishli tartibda ko‘rib chiqish, bandlikni ta’minlashga qaratilgan ishlarni yanada takomillashtirish hamda mazkur yo‘nalishdagi vazifalar ijrosini deputatlik nazorati asosida kuzatib borish masalalariga e’tibor qaratildi.

Slide 1 of 4