Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
13-сонли мактабгача таълим ташкилотидаги муаммолар юзасидан депутатлик сўрови юборилди
янв.21
Бешбулоқ маҳалласида моддий ёрдам масаласидаги мурожаат ўрганилди
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотининг куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
48-сонли мактабда бола ҳуқуқларига бағишланган учрашув бўлиб ўтди
янв.21
32-сонли мактабда ўқувчилар билан очиқ мулоқот ўтказилди
янв.21
Мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлиги ўрганилди
янв.21
24 талик тавсия ижроси доирасида мактабда китоблар кўргазмаси ташкил этилди
янв.21
#Депутат назорати
янв.21
Мавсумий қишлоқ хўжалиги ишлари ўрганилди
янв.21
#Депутат фаолияти
Оilalar holidan xabar olindi

Оilalar holidan xabar olindi

Хalq deputatlari Qoʻshkoʻpir tuman Kengashi deputati O.Artiqova tomonidan “Koʻktom” mahallasida ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar holidan xabar olindi.
Mamlakatimizda aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, ehtiyojmand qatlamlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash hamda ularning turmush sharoitini yaxshilash borasida keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini keng joriy etish orqali aholini barqaror elektr energiyasi bilan taʼminlash davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biridir.

Shu maqsadda Xalq deputatlari Qoʻshkoʻpir tuman Kengashi deputati O.Artiqova “Koʻktom” mahallasida boʻlib, Oltinkoʻl koʻchasi 7-uydagi “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan hamda davlat taʼminotida boʻlgan fuqaro Gʻuzal Rahimova xonadonida boʻldi. Deputat tashrif chogʻida mazkur oilaga davlat koʻmagida subsidiya asosida 7 kVli quyosh paneli oʻrnatilganligini koʻzdan kechirib, uning afzalliklari va ishlash jarayoni bilan yaqindan tanishdi.

Oʻrganish davomida xonadon egasiga yaratilayotgan shart-sharoitlar, imtiyozlar hamda yashil energiyaning afzalliklari yuzasidan fikr almashildi.