Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Кунлик вазифалар белгилаб олинди
янв.21
Сайловчилар олдидаги ҳисобот — ишонч ва масъулият ифодаси
янв.21
Депутат ва ёшлар: муаммо, таклиф ва ечим
янв.21
Зарбдор маҳалласида фуқаро мурожаати ўрганилди
янв.21
Кўчама-кўча ўрганишлар — аҳоли ташвишларига ечим излаб
янв.21
33-сонли мактабнинг иситиш тизимидаги муаммо — депутат эътиборида
янв.21
Таълимга эътибор — амалий кўмакда намоён
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотининг кадастр муаммоси — депутат эътиборида
янв.21
10-сонли мактабгача таълим ташкилотида куз-қишга тайёргарлик ва мавжуд муаммолар ўрганилди
янв.21
ЁШЛАРНИНГ ВАТАНГА САДОҚАТИ — ЮРТ КЕЛАЖАГИГА ИШОНЧ
XALQ DEPUTATLARI UCHQUDUQ TUMANI KENGASHI

Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashi 15-Istiqlol saylov okrugi deputati U. Xudoyqulov tomonidan Iftixor MFY hududida nogironligi bo‘lgan shaxslarga davlat tomonidan belgilangan imtiyozlarning to‘g‘ri va manzilli qo‘llanilishi holati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida hududda istiqomat qiluvchi nogironligi bo‘lgan shaxslarning mavjud huquq va manfaatlari, ularga qonunchilikda belgilangan imtiyoz va kafolatlardan foydalanish imkoniyatlari hamda ushbu imtiyozlarning amalda ta’minlanishi holatiga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, fuqarolarga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar, ularning murojaatlari va mavjud muammolari, davlat tomonidan berilayotgan yordam va qo‘llab-quvvatlash choralarining o‘z vaqtida hamda belgilangan tartibda amalga oshirilayotgani yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va takliflar bildirilib, muammolarni bartaraf etish hamda fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini ta’minlash masalalari deputat tomonidan nazoratga olindi.

Mazkur o‘rganish ishlari aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash, ularga yaratilayotgan imkoniyat va imtiyozlarning amaliy ijrosini ta’minlashga qaratilgan deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

Slide 1 of 4