Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Кунлик вазифалар белгилаб олинди
янв.21
Сайловчилар олдидаги ҳисобот — ишонч ва масъулият ифодаси
янв.21
Депутат ва ёшлар: муаммо, таклиф ва ечим
янв.21
Зарбдор маҳалласида фуқаро мурожаати ўрганилди
янв.21
Кўчама-кўча ўрганишлар — аҳоли ташвишларига ечим излаб
янв.21
33-сонли мактабнинг иситиш тизимидаги муаммо — депутат эътиборида
янв.21
Таълимга эътибор — амалий кўмакда намоён
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотининг кадастр муаммоси — депутат эътиборида
янв.21
10-сонли мактабгача таълим ташкилотида куз-қишга тайёргарлик ва мавжуд муаммолар ўрганилди
янв.21
ЁШЛАРНИНГ ВАТАНГА САДОҚАТИ — ЮРТ КЕЛАЖАГИГА ИШОНЧ
Kengash_faoliyati

#ish_reja_ijrosi
#kotibiyat_mudiri
#deputat_faoliyati
#24_ta_tavsiyalar_ijrosi
#4_BAND

🏗 "Gulbog‘" mahallasida kichik ishlab chiqarish va tadbirkorlik faoliyati deputatlar e’tiborida!

✅Mahallabay ishlash tizimi doirasida aholini tadbirkorlikka jalb etish, kichik ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish va yangi ish o‘rinlarini yaratish deputatlik nazoratining muhim bo‘g‘ini hisoblanadi.

✅Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi kotibiyati mudiri, deputat A.Pardayev 15-“Gulbog'” saylov okrugi deputati I.Xalmatov okrugiga qarashli “Gulbog'” mahallasida bo‘lib, hududdagi tadbirkorlik sub’ektlari faoliyati va aholi bandligini ta’minlash borasidagi ishlarni o‘rgandilar.

✅1. Qurilish materiallari ishlab chiqarish:

✅A.Pardayev mahalla hududida faoliyat yuritayotgan, zamonaviy uskunalar yordamida beton bloklar (shlakoblok) ishlab chiqarayotgan kichik sex faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Mazkur sex nafaqat mahalla aholisini hamyonbop qurilish materiallari bilan ta’minlamoqda, balki qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratilishiga ham xizmat qilmoqda;

✅2. Hokim yordamchisi va tadbirkor hamkorligi:

✅Ishlab chiqarish quvvatlarini yanada kengaytirish, xomashyo ta’minoti hamda imtiyozli kreditlardan samarali foydalanish masalalari bo‘yicha tadbirkor bilan muloqot o‘tkazildi;

✅3. Kambag‘allikni qisqartirish:

✅Mahalladagi ishsiz fuqarolarni mazkur kichik korxonalarga biriktirish va ularning doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishini ta’minlash choralari tahlil qilindi.

✅O‘rganishlar davomida aniqlangan muammolar bo‘yicha tadbirkorga huquqiy va amaliy ko‘mak berish, ishlab chiqarish xavfsizligini ta’minlash hamda mahalla drayverlarini rivojlantirish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 3