Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Кунлик вазифалар белгилаб олинди
янв.21
Сайловчилар олдидаги ҳисобот — ишонч ва масъулият ифодаси
янв.21
Зарбдор маҳалласида фуқаро мурожаати ўрганилди
янв.21
Депутат ва ёшлар: муаммо, таклиф ва ечим
янв.21
Кўчама-кўча ўрганишлар — аҳоли ташвишларига ечим излаб
янв.21
33-сонли мактабнинг иситиш тизимидаги муаммо — депутат эътиборида
янв.21
Таълимга эътибор — амалий кўмакда намоён
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотининг кадастр муаммоси — депутат эътиборида
янв.21
10-сонли мактабгача таълим ташкилотида куз-қишга тайёргарлик ва мавжуд муаммолар ўрганилди
янв.21
ЁШЛАРНИНГ ВАТАНГА САДОҚАТИ — ЮРТ КЕЛАЖАГИГА ИШОНЧ
Kengash_faoliyati

#ish_reja_ijrosi
#deputat_faoliyati
#Kotibiyat_xodimi_faoliyati
#24_ta_masala

“Obod yurt” mahallasida xotin-qizlar faoli faoliyati deputatlik nazoratidan o‘tkazildi

✅Mahallalarda xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning bandligini ta’minlash hamda ijtimoiy faolligini oshirish borasidagi ishlarni tizimli tahlil qilish xalq vakillarining doimiy diqqat markazidadir.

✅Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi B.Qurbonov tomonidan 12-“Obod yurt” saylov okrugi deputati N.Allamuratovaga biriktirilgan hududda navbatdagi sayyor o‘rganish ishlari olib borildi.

✅Mazkur nazorat tadbiri mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun belgilangan “24 ta eng muhim yo‘nalish” mezonlari doirasida tashkil etilib, unda mahalla xotin-qizlar faolining ish samaradorligi tahlil qilindi.

1. Ayollar bandligi va tadbirkorligi:
Ishsiz xotin-qizlarni kasb-hunarga o‘qitish, kasanachilik va oilaviy tadbirkorlikka jalb etish hamda ularga ajratilayotgan subsidiyalar natijadorligi;
2. Huquqiy va ijtimoiy himoya:
Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan yoki shunday xavf ostida bo‘lgan ayollar bilan ishlash tizimi, xotin-qizlarning murojaatlarini ko‘rib chiqish muddati va sifati;
3. "Ijtimoiy reyestr" bilan ishlash:
Ehtiyojmand va og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarni aniqlash hamda ularga manzilli yordam ko‘rsatish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar.

✅O‘rganish davomida xotin-qizlar faoli tomonidan yuritilayotgan hujjatlar, xonadonbay xatlov natijalari va axborot tizimlariga kiritilgan ma’lumotlar ko‘zdan kechirildi.

✅Aniqlangan masalalar yuzasidan xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish va aholi murojaatlariga tezkor yechim topish bo‘yicha mas’ulga tegishli amaliy tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 1