Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
13-сонли мактабгача таълим ташкилотидаги муаммолар юзасидан депутатлик сўрови юборилди
янв.21
Бешбулоқ маҳалласида моддий ёрдам масаласидаги мурожаат ўрганилди
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотининг куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
48-сонли мактабда бола ҳуқуқларига бағишланган учрашув бўлиб ўтди
янв.21
32-сонли мактабда ўқувчилар билан очиқ мулоқот ўтказилди
янв.21
Мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлиги ўрганилди
янв.21
24 талик тавсия ижроси доирасида мактабда китоблар кўргазмаси ташкил этилди
янв.21
#Депутат назорати
янв.21
Мавсумий қишлоқ хўжалиги ишлари ўрганилди
янв.21
#Депутат фаолияти
Umumta’lim maktabi binosi holati o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan saylangan deputat M.Aynashova tomonidan tumanning “Pargos” mahallasida joylashgan 9-sonli umumta’lim maktabi binosi holati va ta’lim berish uchun yaratilgan sharoitlar yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi.

O‘rganish davomida maktab binosining ayrim qismlari ta’mirtalab holatga kelib qolgani aniqlandi. Xususan, deraza va eshiklarining eskirgani, tashqi devorlardagi suvoq qatlamlarining ko‘chib ketgani, shuningdek, binodagi pollarni ta’mirlash zarurati mavjudligi qayd etildi. Mazkur holatlar maktab binosining tashqi ko‘rinishi bilan bir qatorda, uning umumiy holati va o‘quvchilar uchun qulay ta’lim muhitini ta’minlash masalalariga ham ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi ta’kidlandi.

🔺Shuningdek, o‘quv xonalari va ta’lim jarayonini tashkil etish bilan bog‘liq sharoitlar ham ko‘zdan kechirildi. Mavjud kamchiliklarni bosqichma-bosqich bartaraf etish, binoda ta’mirlash ishlarini amalga oshirish orqali o‘quvchilar va pedagoglar uchun yanada qulay sharoit yaratish zarurligiga e’tibor qaratildi.

🔺Mazkur muammolarni bartaraf etish maqsadida maktab binosida zarur ta’mirlash ishlarini amalga oshirish bo‘yicha har yilgi Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturiga kiritish yuzasidan tegishli taklif berish belgilandi.

Slide 1 of 8