Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
#Депутат фаолияти
янв.21
Ёшлар_маслаҳат_гуруҳи
янв.21
АҲОЛИНИНГ БЕПУЛ ДОРИ-ДАРМОН БИЛАН ТАЪМИНЛАНИШ ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
Ёшлар билан мулокат
янв.21
ТИББИЙ ХИЗМАТ КЎРСАТИШ ҲОЛАТИ ВА ҚОНУН ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ — ЭЪТИБОР МАРКАЗИДА
янв.21
КУЗГИ ДАЛА ИШЛАРИНИНГ БОРИШИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
КЎКЁР МАҲАЛЛАСИДА ЙЎЛ ВА ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
КУНЛИК ИШ РЕЖАСИ: МУРОЖААТЛАР БИЛАН ИШЛАШ ВА ИЖРО НАЗОРАТИ
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИ МАТБУОТ ХИЗМАТИ
#munosabat

🔰#munosabat

📚 Yangi avlod darsliklari — sifatli ta’limning muhim asosi

➡️Maktab ta’limida yangi avlod darsliklarini joriy etish va o‘quv mazmunini zamon talablari asosida yangilash ishlari izchil davom ettirilmoqda. 2027-yilgacha 1 342 nomdagi darslik va o‘quv-metodik material tayyorlash rejalashtirilgani ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan muhim qadamdir.
➡️Yangi darsliklarda o‘quvchilarning nafaqat bilim olishi, balki mustaqil va tanqidiy fikrlashi, axborotni tahlil qilishi, ijodkorligi, muloqot va hamkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shuningdek, kasbga yo‘naltirish, moliyaviy va raqamli savodxonlik kabi zamonaviy ko‘nikmalarning kiritilayotgani yoshlarning kelajak hayotiga tayyorgarligini kuchaytirishga xizmat qiladi.
➡️Menimcha, darslik — oddiy o‘quv qo‘llanmasi emas, balki kelajak avlod tafakkurini shakllantiruvchi muhim vositadir. Shu bois yangi darsliklarning mazmuni bilan bir qatorda, ularni amaliyotda samarali qo‘llaydigan pedagoglarning metodik tayyorgarligini oshirish ham muhim ahamiyatga ega.
➡️Farzandlarimizga berilayotgan zamonaviy bilim va ko‘nikmalar ertangi taraqqiyotimizning mustahkam poydevoridir. Ta’limdagi bunday yangilanishlar yosh avlodning salohiyatini to‘liq namoyon etishi uchun keng imkoniyat yaratadi.

Mavluda Xidirova,
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati,

🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇
👉Telegram ▶️Youtube 📷Instagram 🗳Facebook🌐 Veb-sayt