Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
#Депутат фаолияти
янв.21
Ёшлар_маслаҳат_гуруҳи
янв.21
АҲОЛИНИНГ БЕПУЛ ДОРИ-ДАРМОН БИЛАН ТАЪМИНЛАНИШ ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
Ёшлар билан мулокат
янв.21
ТИББИЙ ХИЗМАТ КЎРСАТИШ ҲОЛАТИ ВА ҚОНУН ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ — ЭЪТИБОР МАРКАЗИДА
янв.21
КУЗГИ ДАЛА ИШЛАРИНИНГ БОРИШИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
КЎКЁР МАҲАЛЛАСИДА ЙЎЛ ВА ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
КУНЛИК ИШ РЕЖАСИ: МУРОЖААТЛАР БИЛАН ИШЛАШ ВА ИЖРО НАЗОРАТИ
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИ МАТБУОТ ХИЗМАТИ
#munosabat

🔰#munosabat
O‘zbekistonning 2031-yilda BMTning Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha navbatdagi Kongressiga mezbonlik qilishi mamlakatimizning xalqaro maydondagi nufuzi va huquqiy sohadagi islohotlariga bo‘lgan e’tiborning muhim ifodasidir. 15-kongress ishtirokchi davlatlarining O‘zbekiston tashabbusini qo‘llab-quvvatlagani ushbu qarorning yakuniy deklaratsiyada aks etgani bilan ham ahamiyatlidir.
✔️Bugungi kunda O‘zbekistonda qonun ustuvorligini ta’minlash, jinoyatchilikning barvaqt oldini olish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish hamda odil sudlovni yanada takomillashtirishga qaratilgan izchil islohotlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, “Odil sudlov – 2030” strategiyasida sudlar faoliyatining ochiqligi, inson huquqlari ustuvorligi va adolatli sud qarorlarini ta’minlash ustuvor vazifalar sifatida belgilangan.
✔️2031-yilda nufuzli xalqaro kongressning O‘zbekistonda o‘tkazilishi mamlakatimiz uchun jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov borasidagi ilg‘or tajribalarni o‘rganish, xalqaro hamkorlikni mustahkamlash va milliy tajribani dunyo hamjamiyatiga taqdim etish uchun muhim imkoniyat yaratadi.
✔️Bu e’tirof bizni qonun ustuvorligi, inson qadri va adolat tamoyillarini yanada mustahkamlash yo‘lida yangi mas’uliyat bilan ishlashga undaydi.

Ortiq SHerov,
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi,

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇
👉Telegram ▶️Youtube 📷Instagram 🗳Facebook🌐 Veb-sayt