Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
13-сонли мактабгача таълим ташкилотидаги муаммолар юзасидан депутатлик сўрови юборилди
янв.21
Бешбулоқ маҳалласида моддий ёрдам масаласидаги мурожаат ўрганилди
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотининг куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
48-сонли мактабда бола ҳуқуқларига бағишланган учрашув бўлиб ўтди
янв.21
32-сонли мактабда ўқувчилар билан очиқ мулоқот ўтказилди
янв.21
Мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлиги ўрганилди
янв.21
24 талик тавсия ижроси доирасида мактабда китоблар кўргазмаси ташкил этилди
янв.21
#Депутат назорати
янв.21
Мавсумий қишлоқ хўжалиги ишлари ўрганилди
янв.21
#Депутат фаолияти
“CHARXNOVZA” MAHALLASIDAGI “OTALAR OROMGOHI” — NURONIYLAR UCHUN QULAY MASKAN YARATISH DEPUTAT E’TIBORIDA

#Deputatlik_nazorati #24_ta_tavsiyaviy_savol #Deputat_daftari #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️“CHARXNOVZA” MAHALLASIDAGI “OTALAR OROMGOHI” — NURONIYLAR UCHUN QULAY MASKAN YARATISH DEPUTAT E’TIBORIDA

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Aziz Ibragimov hamda xalq deputatlari tuman Kengashi deputati D. Asadullayev “Charxnovza” mahallasida joylashgan “Otalar oromgohi”ning bugungi holatini atroflicha o‘rgandi.

🔺 “Otalar oromgohi” mahalla nuroniylari yig‘ilib, hordiq chiqaradigan, o‘zaro suhbat quradigan hamda yoshlarga hayotiy tajriba va pand-nasihatlarini ulashadigan maskan hisoblanadi. Shu bois keksalar uchun ushbu hududda qulay, shinam va obod sharoit yaratish masalasiga alohida e’tibor qaratildi.

🔎 O‘rganish davomida oromgoh binosi va shiyponlar, o‘rindiq hamda so‘rilar, hududning yoritilishi, obodonlashtirish va sanitariya holati ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, otaxonlar bilan bevosita muloqot o‘tkazilib, ularning taklif va istaklari tinglandi.

🛠 Mavjud holatni o‘rganish natijasida bino va shiyponlarni ta’mirlash, o‘rindiq va so‘rilarni yangilash, hududni ko‘kalamzorlashtirish hamda yoritishni yaxshilash zarurligi aniqlandi.

🔺 Mazkur o‘rganish mahalliy Kengash deputati faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan bo‘lgan hududdagi bog‘ va dam olish maskanlari holatini yaxshilash, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, yoritish tizimiga e’tibor qaratish hamda masalalarni bevosita joyiga chiqib o‘rganish vazifalari bilan mazmunan bog‘liq.

🤝 Aziz Ibragimov nuroniylarning takliflarini inobatga olgan holda, “Otalar oromgohi”ni yanada obod va qulay maskanga aylantirish bo‘yicha mavjud imkoniyatlarni ko‘rib chiqish muhimligini qayd etdi.

📁 Aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli takliflar mas’ul idoralarga kiritildi. Bino va shiyponlarni ta’mirlash, hududni obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish hamda zarur sharoitlarni yaxshilash bo‘yicha ta’mirlash ishlarini tez orada boshlash rejalashtirilmoqda.

♻️ Ushbu ishlar “Otalar oromgohi”ni nuroniylar uchun yanada shinam, obod va qulay dam olish maskaniga aylantirishga qaratilgan.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 5