Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
13-сонли мактабгача таълим ташкилотидаги муаммолар юзасидан депутатлик сўрови юборилди
янв.21
Бешбулоқ маҳалласида моддий ёрдам масаласидаги мурожаат ўрганилди
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотининг куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
48-сонли мактабда бола ҳуқуқларига бағишланган учрашув бўлиб ўтди
янв.21
32-сонли мактабда ўқувчилар билан очиқ мулоқот ўтказилди
янв.21
Мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлиги ўрганилди
янв.21
24 талик тавсия ижроси доирасида мактабда китоблар кўргазмаси ташкил этилди
янв.21
#Депутат назорати
янв.21
Мавсумий қишлоқ хўжалиги ишлари ўрганилди
янв.21
#Депутат фаолияти
YOSHLAR BILAN ISHLASH — DEPUTATLIK NAZORATIDA 👇👇👇

Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputati I. Ashrapova tomonidan Adolat MFY hududidagi 220-maktabda yoshlar bilan ishlash, ularning bandligini ta’minlash hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

✅O‘rganish jarayonida yoshlarning qiziqish va qobiliyatlarini rivojlantirish, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallashi uchun yaratilgan imkoniyatlar, shuningdek, sport, madaniyat, ta’lim va turli to‘garaklarga jalb etish orqali bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

👥Yoshlar bilan muloqot davomida ularning taklif va tashabbuslari tinglanib, mavjud muammolarni aniqlash hamda ularni manzilli hal etish bo‘yicha tegishli choralar belgilandi. Ayniqsa, yoshlarni kelajak kasbiga to‘g‘ri yo‘naltirish, bandligini ta’minlash va ijtimoiy faolligini oshirish muhim vazifalardan biri ekani ta’kidlandi.

📝Mazkur ishlar, O‘zbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi O‘RQ-406-son Qonuni talablari asosida amalga oshirilayotgan bo‘lib, unda yoshlarning huquq va manfaatlarini ta’minlash, ularning bandligi uchun shart-sharoit yaratish hamda har tomonlama rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash davlat yoshlar siyosatining muhim yo‘nalishlari sifatida belgilangan.

Bizni kuzatishda davom eting!

Slide 1 of 3