Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
13-сонли мактабгача таълим ташкилотидаги муаммолар юзасидан депутатлик сўрови юборилди
янв.21
Бешбулоқ маҳалласида моддий ёрдам масаласидаги мурожаат ўрганилди
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотининг куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
48-сонли мактабда бола ҳуқуқларига бағишланган учрашув бўлиб ўтди
янв.21
32-сонли мактабда ўқувчилар билан очиқ мулоқот ўтказилди
янв.21
Мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлиги ўрганилди
янв.21
24 талик тавсия ижроси доирасида мактабда китоблар кўргазмаси ташкил этилди
янв.21
#Депутат назорати
янв.21
Мавсумий қишлоқ хўжалиги ишлари ўрганилди
янв.21
#Депутат фаолияти
YUNUSOBOD TUMANIDA NAVBATDAGI FUQOROLAR QABULI O‘TKAZILDI

Yunusobod tumani hokimligi hamda tuman Xalq qabulxonasi hamkorligida fuqarolar uchun qabul tashkil etildi. Mazkur qabulda Yunusobod tumani Xalq deputatlari Kengashi deputati, tuman hokimi Abrorxo‘ja Saidaliyev, hokim o‘rinbosarlari, tegishli korxona va tashkilotlar rahbarlari hamda mahalla faollari ishtirok etishdi.

🖋 Qabul davomida 30 ga yaqin fuqarolarning turli sohalardagi muammolari va takliflari tinglandi. Murojaatlarning asosiy qismi quyidagi masalalarga qaratildi:

🫥 Kommunal soha: Elektr energiyasi, isitish tizimi, ichimlik suvi va kanalizatsiya masalalari.

🫥 Ijtimoiy himoya: Kam ta’minlangan oilalar uchun imtiyozlar, moddiy yordam va subsidiyalar ajratish.

🫥 Iqtisodiy imkoniyatlar: Ishga joylashtirish, imtiyozli kreditlar va tadbirkorlikni boshlash uchun ko‘mak.

🫥 Huquqiy va maishiy masallar: Uy-joy ta’miri, hujjatlashtirish va mulk huquqiga oid arizalar.

✅ Tuman hokimi har bir fuqaro murojaatini atroflicha o‘rganib, mas’ul mutasaddilarga qonun doirasida hal etish bo‘yicha tegishli topshiriq va ko‘rsatmalarini berdi hamda barcha masalalarning ijrosini shaxsan nazoratiga oldi.

Slide 1 of 4