Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
13-сонли мактабгача таълим ташкилотидаги муаммолар юзасидан депутатлик сўрови юборилди
янв.21
Бешбулоқ маҳалласида моддий ёрдам масаласидаги мурожаат ўрганилди
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотининг куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
48-сонли мактабда бола ҳуқуқларига бағишланган учрашув бўлиб ўтди
янв.21
32-сонли мактабда ўқувчилар билан очиқ мулоқот ўтказилди
янв.21
Мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлиги ўрганилди
янв.21
24 талик тавсия ижроси доирасида мактабда китоблар кўргазмаси ташкил этилди
янв.21
#Депутат назорати
янв.21
Мавсумий қишлоқ хўжалиги ишлари ўрганилди
янв.21
#Депутат фаолияти
8-SONLI DAVLAT MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI FAOLIYATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi deputati A. Isroilov 8-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati bilan tanishdi.

Tashrif davomida tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, guruh xonalarining holati va jihozlanganligi, ta’lim-tarbiya mashg‘ulotlarining tashkil etilishi hamda bolalarning kun tartibi ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, tashkilotning sanitariya-gigiyena holati, oziq-ovqat ta’minoti, oshxona faoliyati, bolalar xavfsizligi va mavjud moddiy-texnik sharoitlar yuzasidan ham o‘rganish olib borildi.

Tashkilot rahbariyati va pedagog xodimlar bilan suhbat davomida tarbiyalanuvchilarning bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish, ularni maktab ta’limiga puxta tayyorlash, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda ta’lim-tarbiya sifatini oshirish masalalari muhokama qilindi.

O‘rganish davomida aniqlangan masalalar yuzasidan ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi. Mas’ullarga belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida bajarish, mavjud sharoitlarni yanada yaxshilash va tarbiyalanuvchilar manfaatlarini ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.

Slide 1 of 3