Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
#Депутат фаолияти
янв.21
Ёшлар_маслаҳат_гуруҳи
янв.21
Ёшлар билан мулокат
янв.21
АҲОЛИНИНГ БЕПУЛ ДОРИ-ДАРМОН БИЛАН ТАЪМИНЛАНИШ ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ТИББИЙ ХИЗМАТ КЎРСАТИШ ҲОЛАТИ ВА ҚОНУН ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ — ЭЪТИБОР МАРКАЗИДА
янв.21
КУЗГИ ДАЛА ИШЛАРИНИНГ БОРИШИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
КЎКЁР МАҲАЛЛАСИДА ЙЎЛ ВА ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
КУНЛИК ИШ РЕЖАСИ: МУРОЖААТЛАР БИЛАН ИШЛАШ ВА ИЖРО НАЗОРАТИ
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИ МАТБУОТ ХИЗМАТИ
Namangan davlat pedagogika institutida olib borilayotgan qurilish ishlari o‘rganildi

Namangan davlat pedagogika institutida olib borilayotgan qurilish ishlari o‘rganildi

Namangan shahar hokimi, shahar Kengashi deputati Ayubxon Kamalov Namangan davlat pedagogika institutida amalga oshirilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi.

Yangi o‘quv binosida bo‘lib, undagi qurilish jarayonlari va zamonaviy ta’lim muhitini yaratish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi. Auditoriyalarni zamonaviy texnik vositalar bilan jihozlash hamda o‘quv jarayonini ilg‘or yondashuvlar asosida tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, institut hududida barpo etilayotgan “Ma’rifat bog‘i” loyihasi va “Registrator ofisi” qurilishi yuzasidan fikr almashilib, bu maskanlarning talabalarga qulaylik yaratishdagi ahamiyati ta’kidlandi.

O‘rganish davomida qurilish sifati, obyektlarni o‘z vaqtida topshirish va moddiy-texnik bazani mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Slide 1 of 5