Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Кунлик вазифалар белгилаб олинди
янв.21
Сайловчилар олдидаги ҳисобот — ишонч ва масъулият ифодаси
янв.21
Депутат ва ёшлар: муаммо, таклиф ва ечим
янв.21
Зарбдор маҳалласида фуқаро мурожаати ўрганилди
янв.21
Кўчама-кўча ўрганишлар — аҳоли ташвишларига ечим излаб
янв.21
33-сонли мактабнинг иситиш тизимидаги муаммо — депутат эътиборида
янв.21
Таълимга эътибор — амалий кўмакда намоён
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотининг кадастр муаммоси — депутат эътиборида
янв.21
10-сонли мактабгача таълим ташкилотида куз-қишга тайёргарлик ва мавжуд муаммолар ўрганилди
янв.21
ЁШЛАРНИНГ ВАТАНГА САДОҚАТИ — ЮРТ КЕЛАЖАГИГА ИШОНЧ
«Qishloqozon» mahallasida obodonlashtirish ishlari o‘rganildi

#Yangi_Ozbekiston_qiyofasi #deputat_faoliyati #nazorat_tahlil #kotibiyat_xodimi_faoliyati

«Qishloqozon» mahallasida obodonlashtirish ishlari o‘rganildi

Hurmatli Prezidentimiz raisligida o‘tkazilgan selektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida, xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashiga 14-Qishloqozon saylov okrugidan saylangan deputat J. Xudoyqulovaning saylov okrugidagi «Qishloqozon» mahallasida har bir ko‘cha va xonadonni «Yangi O‘zbekiston qiyofasi»ga keltirish, hududlarni obodonlashtirish hamda mavjud muammolarni aniqlash yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganishlar davomida tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi, tuman Kengashi deputati J. Donayev tomonidan «Qishloqozon» mahallasidagi Taraqqiyot ko‘chasida amalga oshirilgan obodonlashtirish ishlari joyiga chiqib ko‘zdan kechirildi.

Xususan, ko‘cha hududining obodonlashtirilishi, tozaligi va tartibga keltirilishi, mavjud sharoitlar hamda hududni yanada ko‘rkamlashtirish borasida amalga oshirilgan ishlar bilan tanishildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha hududni yanada obod qilish, ko‘chalarda ozodalik va tartibni ta’minlash hamda «Yangi O‘zbekiston qiyofasi» yo‘nalishidagi ishlarni davom ettirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Mazkur yo‘nalishdagi ishlar deputatlik nazorati doirasida davom ettiriladi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 4