Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Кунлик вазифалар белгилаб олинди
янв.21
Сайловчилар олдидаги ҳисобот — ишонч ва масъулият ифодаси
янв.21
Депутат ва ёшлар: муаммо, таклиф ва ечим
янв.21
Зарбдор маҳалласида фуқаро мурожаати ўрганилди
янв.21
Кўчама-кўча ўрганишлар — аҳоли ташвишларига ечим излаб
янв.21
33-сонли мактабнинг иситиш тизимидаги муаммо — депутат эътиборида
янв.21
Таълимга эътибор — амалий кўмакда намоён
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотининг кадастр муаммоси — депутат эътиборида
янв.21
10-сонли мактабгача таълим ташкилотида куз-қишга тайёргарлик ва мавжуд муаммолар ўрганилди
янв.21
ЁШЛАРНИНГ ВАТАНГА САДОҚАТИ — ЮРТ КЕЛАЖАГИГА ИШОНЧ
🔰Kasanachilikni rivojlantirish – yangi imkoniyatlar

🔰Kasanachilikni rivojlantirish – yangi imkoniyatlar

♻️Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati B. Yusupov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J. Norov hamkorligida “Namgoni” mahallasida kasanachilikni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
♻️O‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 23-fevraldagi “Kasanachilikni yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-70-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Namgoni qishlog‘ida yangidan tashkil etilgan tikuvchilik sexi faoliyatiga alohida e’tibor qaratildi.
♻️Mazkur tikuvchilik sexida yaratilgan shart-sharoitlar, ishlab chiqarish jarayoni, mavjud tikuv mashinalari va ish o‘rinlaridan samarali foydalanish holati ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, faoliyatni yanada kengaytirish, qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish hamda mahalladagi xotin-qizlarni kasanachilikka keng jalb etish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
♻️Ta’kidlanganidek, kasanachilikni rivojlantirish aholi, ayniqsa, xotin-qizlar bandligini ta’minlash, ularning daromad manbalarini kengaytirish hamda oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
♻️Deputatlik nazorati davomida aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar berilib, mazkur yo‘nalishdagi ishlarni izchil davom ettirish zarurligi qayd etildi.
👉Kasanachilikni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish va aholi bandligini ta’minlash borasidagi ishlar deputatlik nazorati ostida davom etadi.

🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇
👉Telegram ▶️Youtube 📷Instagram 🗳Facebook🌐 Veb-sayt

Slide 1 of 4