Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Кунлик вазифалар белгилаб олинди
янв.21
Сайловчилар олдидаги ҳисобот — ишонч ва масъулият ифодаси
янв.21
Зарбдор маҳалласида фуқаро мурожаати ўрганилди
янв.21
Депутат ва ёшлар: муаммо, таклиф ва ечим
янв.21
Кўчама-кўча ўрганишлар — аҳоли ташвишларига ечим излаб
янв.21
33-сонли мактабнинг иситиш тизимидаги муаммо — депутат эътиборида
янв.21
Таълимга эътибор — амалий кўмакда намоён
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотининг кадастр муаммоси — депутат эътиборида
янв.21
10-сонли мактабгача таълим ташкилотида куз-қишга тайёргарлик ва мавжуд муаммолар ўрганилди
янв.21
ЁШЛАРНИНГ ВАТАНГА САДОҚАТИ — ЮРТ КЕЛАЖАГИГА ИШОНЧ
🔰Xotin-qizlar bandligi ta’minlandi – deputat tashabbusi amalda

🔰Xotin-qizlar bandligi ta’minlandi – deputat tashabbusi amalda

🔹Xotin-qizlarni munosib ish o‘rinlari bilan ta’minlash, ularning bandligini oshirish va ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash borasida deputatlar tomonidan amaliy ishlar olib borilmoqda.
🔹Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati O. Muzaffarova tashabbusi bilan “Jamiyat” mahallasida istiqomat qiluvchi olti nafar xotin-qizni ish bilan ta’minlash masalasi o‘rganilib, ularni “Madina Mirzo” nodavlat ta’lim muassasasiga ishga joylashtirishga erishildi.
🔹Ayniqsa, ishga joylashtirilgan fuqarolardan birining Ijtimoiy himoya reyestrida turishi mazkur tashabbusning ijtimoiy ahamiyatini yanada oshiradi. Bu orqali nafaqat xotin-qizlarning doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishi, balki ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlashga ham xizmat qilmoqda.
🔹Deputatning bunday amaliy tashabbuslari mahallalarda aholi bandligini ta’minlash, xotin-qizlarning mehnat bozoridagi faolligini oshirish hamda fuqarolarning murojaatlariga amaliy yechim topishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
🔹Aholi bandligini ta’minlash borasidagi ishlar izchil davom ettiriladi.

🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇
👉Telegram ▶️Youtube 📷Instagram 🗳Facebook🌐 Veb-sayt

Slide 1 of 3