Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Кунлик вазифалар белгилаб олинди
янв.21
Сайловчилар олдидаги ҳисобот — ишонч ва масъулият ифодаси
янв.21
Депутат ва ёшлар: муаммо, таклиф ва ечим
янв.21
Зарбдор маҳалласида фуқаро мурожаати ўрганилди
янв.21
Кўчама-кўча ўрганишлар — аҳоли ташвишларига ечим излаб
янв.21
33-сонли мактабнинг иситиш тизимидаги муаммо — депутат эътиборида
янв.21
Таълимга эътибор — амалий кўмакда намоён
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотининг кадастр муаммоси — депутат эътиборида
янв.21
10-сонли мактабгача таълим ташкилотида куз-қишга тайёргарлик ва мавжуд муаммолар ўрганилди
янв.21
ЁШЛАРНИНГ ВАТАНГА САДОҚАТИ — ЮРТ КЕЛАЖАГИГА ИШОНЧ
🔰Budjet mablag‘laridan samarali foydalanish — deputat nazoratida

🔰Budjet mablag‘laridan samarali foydalanish — deputat nazoratida

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati Z. Shomurodova tomonidan “Navgadi” mahallasida joylashgan mahalla ma’muriy binosi bilan bog‘liq masala deputatlik nazorati tartibida o‘rganilmoqda.
🖌O‘rganishlar davomida mazkur ma’muriy binoni barpo etishga sarflangan budjet mablag‘lari, qurilish ishlarining bajarilishi hamda binodan bugungi kunda foydalanish holatiga alohida e’tibor qaratildi.
🖌Aniq va to‘liq ma’lumotlarga ega bo‘lish, budjet mablag‘larining maqsadli va samarali sarflanganini o‘rganish maqsadida deputat Z. Shomurodova tomonidan O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi Jondor tumani bo‘limi boshlig‘i B. Rajabov nomiga deputatlik so‘rovi yuborildi.
🖌Deputatlik so‘rovida bino qurilishiga ajratilgan va amalda sarflangan mablag‘lar miqdori, qurilish ishlarining holati, obyektdan foydalanish imkoniyati hamda bugungi kundagi holati yuzasidan ma’lumot taqdim etish so‘ralgan.
🖌Mazkur masala deputatlik nazorati doirasida o‘rganilib, aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli choralar ko‘rilishi ta’minlanadi.
👉Budjet mablag‘laridan oqilona va maqsadli foydalanish, aholi manfaatiga xizmat qiladigan obyektlarning samarali ishlashi — deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇
👉Telegram ▶️Youtube 📷Instagram 🗳Facebook🌐 Veb-sayt

Slide 1 of 2