Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Кунлик вазифалар белгилаб олинди
янв.21
Сайловчилар олдидаги ҳисобот — ишонч ва масъулият ифодаси
янв.21
Зарбдор маҳалласида фуқаро мурожаати ўрганилди
янв.21
Депутат ва ёшлар: муаммо, таклиф ва ечим
янв.21
Кўчама-кўча ўрганишлар — аҳоли ташвишларига ечим излаб
янв.21
33-сонли мактабнинг иситиш тизимидаги муаммо — депутат эътиборида
янв.21
Таълимга эътибор — амалий кўмакда намоён
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотининг кадастр муаммоси — депутат эътиборида
янв.21
10-сонли мактабгача таълим ташкилотида куз-қишга тайёргарлик ва мавжуд муаммолар ўрганилди
янв.21
ЁШЛАРНИНГ ВАТАНГА САДОҚАТИ — ЮРТ КЕЛАЖАГИГА ИШОНЧ
Sog‘lom turmush tarzi — salomatlik garovi!

Surxondaryo viloyatining shahar va tumanlarida ham ko‘pgina tashkilotlar xodimlari ishtirokida doimiy ravishda sog‘lomlashtirish tadbirlari o‘tkazilinib kelinmoqda. Maqsad aholi orasida sogʼlom turmush tarzini mustahkamlashdir.

Termiz shahrida ham "Nuroniy" jamg‘armasi shahar bo‘limi boshlig‘i, xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputati T.Berdiyev tashabbusi bilan navbatdagi sog‘lomlashtirish tadbirida nuroniylar, yoshlar hamda mahalla faollari qatnashdilar.

Ertalabki badantarbiya, jismoniy mashqlar va turli harakatli mashg‘ulotlar jamoa a’zolarining kunni ko‘tarinki kayfiyatda boshlashiga xizmat qildi.

Tadbir davomida ishtirokchilar jismoniy faollikni oshirish, sog‘lom hayot tarziga amal qilish hamda sport bilan muntazam shug‘ullanishning ahamiyatini yana bir bor namoyon etdilar.

Sog‘lom tanada — sog‘lom aql! Sport bilan doimo birga bo‘laylik!

Slide 1 of 3