Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Кунлик вазифалар белгилаб олинди
янв.21
Сайловчилар олдидаги ҳисобот — ишонч ва масъулият ифодаси
янв.21
Зарбдор маҳалласида фуқаро мурожаати ўрганилди
янв.21
Депутат ва ёшлар: муаммо, таклиф ва ечим
янв.21
Кўчама-кўча ўрганишлар — аҳоли ташвишларига ечим излаб
янв.21
33-сонли мактабнинг иситиш тизимидаги муаммо — депутат эътиборида
янв.21
Таълимга эътибор — амалий кўмакда намоён
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотининг кадастр муаммоси — депутат эътиборида
янв.21
10-сонли мактабгача таълим ташкилотида куз-қишга тайёргарлик ва мавжуд муаммолар ўрганилди
янв.21
ЁШЛАРНИНГ ВАТАНГА САДОҚАТИ — ЮРТ КЕЛАЖАГИГА ИШОНЧ
“Amu sohillari” mahallasida fuqaro murojaati tinglandi

Aholi bilan bevosita muloqot qilish, fuqarolarning murojaatlarida ko‘tarilayotgan masalalarni joyida o‘rganish va ularning qonuniy yechimini ta’minlash — xalq deputatlari Kengashlari deputatlarining muhim vazifalaridan biridir.

Shu maqsadda xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyati mudiri, deputat A.Ashurov Kengashning 21-“Jo‘yjangal” saylov okrugi deputati G.Xudaykulova okrugiga qarashli “Amu sohillari” mahallasida bo‘lib, fuqaro bilan yuzma-yuz muloqot o‘tkazdi.

Muloqot davomida fuqaro o‘zini tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish va daromad manbasini kengaytirish maqsadida imtiyozli kredit ajratish masalasida murojaat qilganini bildirdi.

Murojaat mazmuni deputatlar tomonidan batafsil tinglanib, fuqaroning ehtiyoji va mavjud imkoniyatlari muhokama qilindi. Shuningdek, imtiyozli kredit olish uchun belgilangan talablar, mavjud dasturlar va kredit ajratishning amaldagi tartibi yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Aholining har bir murojaati — hududdagi muammolarni aniqlash, ularni manzilli hal etish va fuqarolarning davlat organlariga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi — aholi bilan ochiq muloqot va amaliy yechimlar tarafdori!