Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Кунлик вазифалар белгилаб олинди
янв.21
Сайловчилар олдидаги ҳисобот — ишонч ва масъулият ифодаси
янв.21
Зарбдор маҳалласида фуқаро мурожаати ўрганилди
янв.21
Депутат ва ёшлар: муаммо, таклиф ва ечим
янв.21
Кўчама-кўча ўрганишлар — аҳоли ташвишларига ечим излаб
янв.21
33-сонли мактабнинг иситиш тизимидаги муаммо — депутат эътиборида
янв.21
Таълимга эътибор — амалий кўмакда намоён
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотининг кадастр муаммоси — депутат эътиборида
янв.21
10-сонли мактабгача таълим ташкилотида куз-қишга тайёргарлик ва мавжуд муаммолар ўрганилди
янв.21
ЁШЛАРНИНГ ВАТАНГА САДОҚАТИ — ЮРТ КЕЛАЖАГИГА ИШОНЧ
MAHALLALARDA XOTIN-QIZLAR BILAN ISHLASH SAMARADORLIGI MUHOKAMA QILINDI

Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi raisi, deputat X. Tilakov tomonidan tuman tashkilotlari bilan hamkorlikda mahallalarda xotin-qizlar faollari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligi yuzasidan mas’ullar ishtirokida muhokama o‘tkazildi.

Muhokama davomida mahallalarda xotin-qizlar bilan ishlash, ularning murojaat va muammolarini o‘rganish, bandligini ta’minlash, daromad manbalarini kengaytirish, ajrim yoqasidagi va nizoli oilalar bilan manzilli ishlash, oilaviy nizolarning oldini olish hamda ijtimoiy ko‘makka muhtoj ayollarni qo‘llab-quvvatlash masalalariga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, xotin-qizlar faollarining mahalladagi faoliyatini yanada samarali tashkil etish, mavjud muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish, nizoli oilalardagi vaziyatni barqarorlashtirish va amalga oshirilayotgan ishlarning natijadorligini oshirish bo‘yicha fikr almashildi.

Muhokama yakunida aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, xotin-qizlar bilan ishlashda manzillilik, natijadorlik va amaliy hamkorlikni kuchaytirish bo‘yicha vazifalar belgilandi.

Slide 1 of 3