Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Кунлик вазифалар белгилаб олинди
янв.21
Сайловчилар олдидаги ҳисобот — ишонч ва масъулият ифодаси
янв.21
Зарбдор маҳалласида фуқаро мурожаати ўрганилди
янв.21
Депутат ва ёшлар: муаммо, таклиф ва ечим
янв.21
Кўчама-кўча ўрганишлар — аҳоли ташвишларига ечим излаб
янв.21
33-сонли мактабнинг иситиш тизимидаги муаммо — депутат эътиборида
янв.21
Таълимга эътибор — амалий кўмакда намоён
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотининг кадастр муаммоси — депутат эътиборида
янв.21
10-сонли мактабгача таълим ташкилотида куз-қишга тайёргарлик ва мавжуд муаммолар ўрганилди
янв.21
ЁШЛАРНИНГ ВАТАНГА САДОҚАТИ — ЮРТ КЕЛАЖАГИГА ИШОНЧ
HAVOTOG‘DA AHOLINI KAMBAG‘ALLIKDAN CHIQARISH BO‘YICHA VAZIFALAR BELGILANDI

Aholini kambag‘allikdan chiqarish faqat moddiy ko‘mak ko‘rsatish bilan cheklanmay, har bir oilaga barqaror daromad manbaini yaratish, bandligini ta’minlash va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanishga yo‘naltirilgan manzilli yondashuvni talab etadi.

Shu maqsadda Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi Kotibiyati mudiri, deputat V. Xasanov tomonidan Havotog‘ QFY mahalla yettiligi bilan aholini kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha belgilangan topshiriqlar ijrosiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda kambag‘allikdan chiqarilishi belgilangan oilalar bilan manzilli ishlash, ularning muammolarini aniqlash, bandligini ta’minlash, kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish hamda kredit va boshqa mavjud imkoniyatlardan foydalanish masalalari muhokama qilindi.

Har bir oilaning imkoniyatidan kelib chiqib, doimiy daromad manbasini shakllantirish, mehnat qilish istagidagi fuqarolarni ishga joylashtirish yoki o‘zini o‘zi band qilishiga ko‘maklashish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan mas’ullarning faoliyati ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, avval berilgan topshiriqlarning ijrosi, amaliy natijalar va hali yechimini kutayotgan masalalar yuzasidan fikr almashildi. Muammolarni aniqlash bilan cheklanib qolmasdan, har bir oila bo‘yicha aniq natijaga qaratilgan choralarni belgilash zarurligi ta’kidlandi.

Yakunda kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha ishlarni jadallashtirish, oilalarni barqaror daromadga olib chiqish, bandlik va tadbirkorlik imkoniyatlaridan samarali foydalanish yuzasidan mahalla yettiligiga aniq vazifalar belgilandi.

Slide 1 of 1