Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Кунлик вазифалар белгилаб олинди
янв.21
Сайловчилар олдидаги ҳисобот — ишонч ва масъулият ифодаси
янв.21
Депутат ва ёшлар: муаммо, таклиф ва ечим
янв.21
Зарбдор маҳалласида фуқаро мурожаати ўрганилди
янв.21
Кўчама-кўча ўрганишлар — аҳоли ташвишларига ечим излаб
янв.21
33-сонли мактабнинг иситиш тизимидаги муаммо — депутат эътиборида
янв.21
Таълимга эътибор — амалий кўмакда намоён
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотининг кадастр муаммоси — депутат эътиборида
янв.21
10-сонли мактабгача таълим ташкилотида куз-қишга тайёргарлик ва мавжуд муаммолар ўрганилди
янв.21
ЁШЛАРНИНГ ВАТАНГА САДОҚАТИ — ЮРТ КЕЛАЖАГИГА ИШОНЧ
Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

Bugun Yangiobod tumanidagi Biznesni rivojlantirish bankida Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Ibrohim Qarshiboyev ishtirokida tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv avvalida I.Qarshiboyev tomonidan tadbirkorlar mamlakatimizda so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, xususan, tadbirkorlikni rivojlantirish, biznes yuritish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishtirildi.

Shuningdek, tadbirkorlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, imtiyoz va qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari haqida batafsil ma’lumot berildi.

Ochiq muloqot davomida tadbirkorlarning mavjud muammo va takliflari tinglanib, murojaatlariga tegishli javoblar berildi. Ayrim masalalarni joyida hal etish, qo‘shimcha o‘rganishni talab qiladigan murojaatlar yuzasidan esa mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Uchrashuv tadbirkorlar bilan bevosita muloqot qilish, ularning faoliyatiga to‘sqinlik qilayotgan muammolarni aniqlash va amaliy yechim topishga qaratildi.

Slide 1 of 4