Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Кунлик вазифалар белгилаб олинди
янв.21
Сайловчилар олдидаги ҳисобот — ишонч ва масъулият ифодаси
янв.21
Депутат ва ёшлар: муаммо, таклиф ва ечим
янв.21
Зарбдор маҳалласида фуқаро мурожаати ўрганилди
янв.21
Кўчама-кўча ўрганишлар — аҳоли ташвишларига ечим излаб
янв.21
33-сонли мактабнинг иситиш тизимидаги муаммо — депутат эътиборида
янв.21
Таълимга эътибор — амалий кўмакда намоён
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотининг кадастр муаммоси — депутат эътиборида
янв.21
10-сонли мактабгача таълим ташкилотида куз-қишга тайёргарлик ва мавжуд муаммолар ўрганилди
янв.21
ЁШЛАРНИНГ ВАТАНГА САДОҚАТИ — ЮРТ КЕЛАЖАГИГА ИШОНЧ
MUROJAATLAR BO‘YICHA AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR KO‘RIB CHIQILDI

Fuqarolar murojaatlarida ko‘tarilgan masalalarning o‘z vaqtida va qonuniy hal etilishi, berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash hamda murojaat egalarini amaliy natija bilan ta’minlash maqsadida Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi raisi, deputat X. Tilakov tomonidan Xalq qabulxonasiga kelib tushgan murojaatlar bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarning holatiga e’tibor qaratildi.

Jarayon davomida murojaatlarning mazmuni, ular yuzasidan mas’ul tashkilotlar tomonidan ko‘rilgan choralar, ijro holati va muammolarni hal etish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, ijrosi yakuniga yetmagan yoki qo‘shimcha chora-tadbirlarni talab etayotgan murojaatlar alohida muhokama qilinib, ularni hal etish bo‘yicha mas’ullarning vazifalari belgilandi.

Murojaatlarni ko‘rib chiqishda tezkorlik, manzillilik va natijadorlikni ta’minlash, fuqarolarga asoslantirilgan javoblar berish hamda aniqlangan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 2