Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Кунлик вазифалар белгилаб олинди
янв.21
Сайловчилар олдидаги ҳисобот — ишонч ва масъулият ифодаси
янв.21
Депутат ва ёшлар: муаммо, таклиф ва ечим
янв.21
Зарбдор маҳалласида фуқаро мурожаати ўрганилди
янв.21
Кўчама-кўча ўрганишлар — аҳоли ташвишларига ечим излаб
янв.21
33-сонли мактабнинг иситиш тизимидаги муаммо — депутат эътиборида
янв.21
Таълимга эътибор — амалий кўмакда намоён
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотининг кадастр муаммоси — депутат эътиборида
янв.21
10-сонли мактабгача таълим ташкилотида куз-қишга тайёргарлик ва мавжуд муаммолар ўрганилди
янв.21
ЁШЛАРНИНГ ВАТАНГА САДОҚАТИ — ЮРТ КЕЛАЖАГИГА ИШОНЧ
Fuqaroning murojaati ko‘rib chiqildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi Kotibiyati mudiri A.Nosirov tomonidan “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti vakili M.Toshboltayeva bilan hamkorlikda “Oq oltin” mahalla fuqarolar yig‘ini fuqarosi R.Axmedovning murojaati ko‘rib chiqildi.

Murojaat davomida fuqaro tomonidan mahalla raisining huquq va vakolatlari masalasida murojaat bildirilib, mazkur yo‘nalishdagi huquqiy tartib-taomillar yuzasidan tushuntirish berish so‘raldi.

Murojaatni o‘rganish jarayonida mahalla raisining qonunchilikda belgilangan huquq va vakolatlari, uning faoliyat yo‘nalishlari hamda fuqarolar bilan ishlashdagi mas’uliyatlari yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, fuqaroning murojaatida ko‘tarilgan masalalar yuzasidan amaldagi qonunchilik talablari asosida tegishli tavsiya va tushuntirishlar berildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3