Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Айрим давлат олий таълим муассасаларининг бошқарув тизими ўзгаради
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИ МАТБУОТ ХИЗМАТИ
янв.21
ҚОРАСУВ МАҲАЛЛАСИДА ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛДИ
янв.21
ХОНАДОНМА-ХОНАДОН ЎРГАНИШЛАР ДАВОМ ЭТМОҚДА
янв.21
ИЧИМЛИК СУВИ БЎЙИЧА МУРОЖААТ ҲАЛ ЭТИЛДИ
янв.21
37-СОНЛИ МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ ТАШКИЛОТИДА КУЗ-ҚИШГА ТАЙЁРГАРЛИК ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРО МУРОЖААТИ ЖОЙИДА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
39-СОНЛИ МАКТАБДА КУЗ-ҚИШ МАВСУМИГА ТАЙЁРГАРЛИК ЎРГАНИЛДИ
янв.21
58-СОНЛИ МАКТАБДА КУЗ-ҚИШ МАВСУМИГА ТАЙЁРГАРЛИК ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
КЕНГАШ ҚАРОРИ ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
“YUNUSOBOD BOZORI”DA NARX-NAVOLAR VA SAVDO FAOLIYATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputatlari Musayeva D. va Ashrapova I. tomonidan “Yunusobod bozori” hududida deputatlik nazorati doirasida savdo obyektlaridagi narx-navolar va mahsulotlar holati o‘rganildi.

🔎O‘rganish davomida iste’mol tovarlari narxlari, mahsulotlarning sifati, yaroqlilik muddati va xaridorlarga zarur ma’lumotlarning taqdim etilishiga e’tibor qaratildi.

⚖️O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 26-apreldagi 221-I-son «Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi Qonunining 6-moddasiga muvofiq, sotuvchi iste’molchiga tovar haqida zarur, to‘g‘ri va tushunarli ma’lumot, jumladan, uning narxi va sotib olish shartlarini taqdim etishi shart.

✅Deputatlar tomonidan iste’molchilar huquqlarini ta’minlash, savdo qoidalariga rioya etish hamda aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullar bilan tegishli ishlarni olib borish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Bizni kuzatishda davom eting!

Slide 1 of 1