Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
13-сонли мактабгача таълим ташкилотидаги муаммолар юзасидан депутатлик сўрови юборилди
янв.21
Бешбулоқ маҳалласида моддий ёрдам масаласидаги мурожаат ўрганилди
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотининг куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
48-сонли мактабда бола ҳуқуқларига бағишланган учрашув бўлиб ўтди
янв.21
32-сонли мактабда ўқувчилар билан очиқ мулоқот ўтказилди
янв.21
Мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлиги ўрганилди
янв.21
24 талик тавсия ижроси доирасида мактабда китоблар кўргазмаси ташкил этилди
янв.21
#Депутат назорати
янв.21
Мавсумий қишлоқ хўжалиги ишлари ўрганилди
янв.21
#Депутат фаолияти
DEPUTATLIK NAZORATI: QAROR IJROSI O‘RGANILMOQDA

 DEPUTATLIK NAZORATI: QAROR IJROSI O‘RGANILMOQDA

📌 Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, sport va madaniyat masalalari bo'yicha doimiy komissiya tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 13-oktabrdagi 643-sonli “Gematologik va onkologik kasalliklarga chalingan bemorlarni yanada qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari tashkil etilmoqda.

🩺 O‘rganish davomida:
▫️ bolalarda gematologik va onkologik kasalliklarni erta aniqlash;
▫️ bemorlarni tegishli tibbiyot muassasalariga o‘z vaqtida yo‘naltirish;
▫️ zarur tibbiy xizmat va dori vositalari bilan ta’minlash;
▫️ PET tekshiruvlaridan foydalanish imkoniyati;
▫️ bemorlarning respublika ixtisoslashtirilgan markazlariga borib-kelish xarajatlarini qoplash;
▫️ tibbiy jihozlar va mutaxassislar bilan ta’minlanganlik holati;
▫️ bemor bolalar va ularning ota-onalariga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy ko‘mak masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.

📋 Deputatlar tomonidan mavjud holatni aniqlash, muammolarni o‘rganish hamda qarorda belgilangan vazifalarning amalda bajarilishini baholashga qaratilgan maxsus savolnoma asosida o‘rganish olib boriladi.

🎯 Maqsad — qaror ijrosini qog‘ozda emas, amalda ta’minlash, mavjud muammolarni aniqlash va ularning yechimiga ko‘maklashish.