Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Қорасув маҳалласида камбағалликни қисқартириш бўйича ишлар ўрганилди
янв.21
Қорасув маҳалласида қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Депутат ёшларнинг мурожаат ва ташаббусларини тинглади
янв.21
14-Тошкент сайлов округида хонадонбай ўрганишлар олиб борилди
янв.21
Депутат ёшлар билан мулоқот қилиб, уларнинг таклиф ва ташаббусларини тинглади
янв.21
«Машъал» маҳалласида ёшлар билан ишлаш ҳолати ўрганилди
янв.21
Моддий ёрдам масаласидаги мурожаат ўрганилди
янв.21
Ахборот-кутубхона марказига бино ажратиш масаласида депутатлик сўрови йўлланди
янв.21
Ўқувчилар билан жиноятчиликнинг олдини олиш мавзусида учрашув ўтказилди
янв.21
24 талик тавсия ижроси доирасида кўп қаватли уйларнинг лифтлари ва ертўлалари ҳолати ўрганилди
DEPUTATLIK NAZORATI: MAXSUS SAVOLNOMA ISHLAB CHIQILDI

 DEPUTATLIK NAZORATI: MAXSUS SAVOLNOMA ISHLAB CHIQILDI
📋 Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-maydagi 341-son qarori talablari ijrosini tumanda o‘rganish maqsadida deputatlar ishtirokida ishchi guruh shakllantirildi.
📝 O‘rganish ishlarini tizimli va aniq mezonlar asosida tashkil etish maqsadida ishchi guruh tomonidan maxsus savolnoma ishlab chiqildi.
🔎 Savolnomada quyidagi yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratildi:
▪️ murojaatlarni qabul qilish va ro‘yxatga olish;
▪️ murojaatlarni ijrochilarga o‘z vaqtida yo‘naltirish;
▪️ ko‘rib chiqish muddatlariga rioya etilishi;
▪️ murojaatlarni to‘liq va xolis o‘rganish;
▪️ murojaatlar bo‘yicha asoslantirilgan javoblar berilishi;
▪️ shaxsiy, sayyor va ommaviy qabullarni tashkil etish;
▪️ murojaatlar ijrosini nazorat qilish;
▪️ takroriy murojaatlar va tizimli muammolarni aniqlash.
🎯 Asosiy maqsad — murojaatlarni ko‘rib chiqish jarayonini emas, avvalo ularning amaliy natijasini o‘rganish va fuqarolar muammolarining qonuniy yechimini ta’minlash.
📊 O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan holatlar tahlil qilinib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli takliflar ishlab chiqiladi.