Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Айрим давлат олий таълим муассасаларининг бошқарув тизими ўзгаради
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИ МАТБУОТ ХИЗМАТИ
янв.21
ҚОРАСУВ МАҲАЛЛАСИДА ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛДИ
янв.21
ХОНАДОНМА-ХОНАДОН ЎРГАНИШЛАР ДАВОМ ЭТМОҚДА
янв.21
ИЧИМЛИК СУВИ БЎЙИЧА МУРОЖААТ ҲАЛ ЭТИЛДИ
янв.21
37-СОНЛИ МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ ТАШКИЛОТИДА КУЗ-ҚИШГА ТАЙЁРГАРЛИК ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРО МУРОЖААТИ ЖОЙИДА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
39-СОНЛИ МАКТАБДА КУЗ-ҚИШ МАВСУМИГА ТАЙЁРГАРЛИК ЎРГАНИЛДИ
янв.21
58-СОНЛИ МАКТАБДА КУЗ-ҚИШ МАВСУМИГА ТАЙЁРГАРЛИК ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
КЕНГАШ ҚАРОРИ ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik jamg‘armasidan mablag‘ ajratish masalasi muhokama qilindi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining “Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi.

Yig‘ilish kun tartibida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ-49-son qarori doirasida “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik jamg‘armasi”dan mablag‘ ajratishga rozilik berish masalasi muhokama qilindi.

Xususan, Qo‘qon shahar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, Pashshapashabof MFY, Devonbegi ko‘chasi 34-xonadonda yashovchi ijtimoiy reyestrdagi fuqarolar — Boybekova Sharifa Mexmonqo‘ziyevna va Fayzimatova Dinora Xamidovnaning xonadonlarini ta’mirlash zarurati mavjudligi qayd etilgan.

Mazkur xonadonlarda ta’mirlash ishlarini amalga oshirish uchun “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik jamg‘armasi” mablag‘lari hisobidan amaliy yordam ko‘rsatish masalasi ko‘rib chiqildi.

Har bir xonadon uchun 20 million 600 ming so‘mdan, jami 41 million 200 ming so‘m miqdorida mablag‘ ajratish taklifi bildirildi.

Yig‘ilish davomida mazkur masala deputatlar tomonidan muhokama qilinib, ehtiyojmand oilalarning yashash sharoitlarini yaxshilash, ularning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish hamda xonadonlarda zarur ta’mirlash ishlarini amalga oshirishga ko‘maklashish masalalariga e’tibor qaratildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 6