Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Айрим давлат олий таълим муассасаларининг бошқарув тизими ўзгаради
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИ МАТБУОТ ХИЗМАТИ
янв.21
ҚОРАСУВ МАҲАЛЛАСИДА ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛДИ
янв.21
ХОНАДОНМА-ХОНАДОН ЎРГАНИШЛАР ДАВОМ ЭТМОҚДА
янв.21
ИЧИМЛИК СУВИ БЎЙИЧА МУРОЖААТ ҲАЛ ЭТИЛДИ
янв.21
ФУҚАРО МУРОЖААТИ ЖОЙИДА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
37-СОНЛИ МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ ТАШКИЛОТИДА КУЗ-ҚИШГА ТАЙЁРГАРЛИК ЎРГАНИЛДИ
янв.21
39-СОНЛИ МАКТАБДА КУЗ-ҚИШ МАВСУМИГА ТАЙЁРГАРЛИК ЎРГАНИЛДИ
янв.21
58-СОНЛИ МАКТАБДА КУЗ-ҚИШ МАВСУМИГА ТАЙЁРГАРЛИК ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
КЕНГАШ ҚАРОРИ ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha mahallalarda olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi raisi O‘.Tojiyeva hamda shahar hokimi, Kengash deputati M.Usmonov tomonidan kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha shahar shtabi a’zolari ishtirokida mahallalar kesimida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Muhokama davomida shahardagi mahallalarda kambag‘allikni qisqartirish, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularni barqaror daromad manbalariga ega bo‘lishini ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlarning holati tahlil qilindi.

Shuningdek, “Mahalla yettiligi” tomonidan mahallalarda olib borilayotgan xatlov jarayonlariga alohida e’tibor qaratildi. Xatlov davomida oilalarning ijtimoiy-iqtisodiy holatini o‘rganish, mavjud muammolarni aniqlash, ehtiyojmand oilalarni manzilli qo‘llab-quvvatlash hamda har bir oila bilan individual ishlash masalalari ko‘rib chiqildi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-193-son Farmonida belgilangan vazifalarning shaharda ijrosini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlarni mahallalar kesimida samarali tashkil etish hamda aniqlangan muammolarni tizimli ravishda bartaraf etish yuzasidan fikr almashildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 5