Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
МАКТАБЛАРНИНГ КУЗ-ҚИШ МАВСУМИГА ТАЙЁРГАРЛИГИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ТАДБИРКОРЛИК РИВОЖИ — ЯНГИ ИШ ЎРИНЛАРИ УЧУН МУҲИМ ОМИЛ
янв.21
ХОНАДОНБАЙ ИШЛАШ — БАРҚАРОР ДАРОМАД САРИ МУҲИМ ҚАДАМ
янв.21
ДЕПУТАТГА БИРИКТИРИЛГАН ҚОНУН ҲУЖЖАТЛАРИ ВА ТАШКИЛОТЛАР
янв.21
АҲОЛИ МУРОЖААТИ ЮЗАСИДАН ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
янв.21
КАМБАҒАЛЛИКДАН ЧИҚАРИШДА МАНЗИЛЛИ ВА ХОНАДОНБАЙ ЁНДАШУВ
янв.21
ЯНГИ КЎПРИК ҚУРИЛИШИ: СИФАТ ВА АҲОЛИ МУРОЖААТЛАРИ ЭЪТИБОРДА
янв.21
ДЕПУТАТЛИК ФАОЛИЯТИ ВА ОДОБ-АХЛОҚ МАСАЛАЛАРИ МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ЁШЛАР ЗИЁ МАСКАНИ» ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ — ЭЪТИБОР МАРКАЗИДА
Inson qadri ulug‘langan, taraqqiyot yangi bosqichga ko‘tarilgan tashrif

Inson qadri ulug‘langan, taraqqiyot yangi bosqichga ko‘tarilgan tashrif

Harakatdagi har bir islohot, qabul qilinayotgan har bir qarorning zamirida yurtdoshlarimizning ertangi kunga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash yotibdi. Shu ma’noda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qoraqalpog‘iston Respublikasiga amalga oshirgan amaliy safari hududimiz hayotida chinakam burilish yasadi.  

Xalq deputatlari 1-Jolshilar saylov okrugi deputati sifatida mazkur tashrif tafsilotlarini chuqur hayajon va mas’uliyat bilan kuzatdim. E’tiborlisi, davlatimiz rahbari bu safargi tashrifini Qoraqalpog‘istonning fidoyi farzandi, atoqli davlat va jamoat arbobi Kallibek Kamalov xonadonini ziyorat qilishdan, uning xotirasiga hurmat bajo keltirishdan boshladi. Bu – keksa avlod vakillarining xotirasini e’zozlash, o‘tganlarning qadriga yetish xalqimizning eng oliy fazilati ekanini va yoshlarimiz uchun ulkan ibrat maktabini ko‘rsatdi.  

Yig‘ilishda qayd etilgan raqamlar va ko‘rilayotgan chora-tadbirlar qog‘ozda emas, balki hayotda o‘z in’ikosini topmoqda. Xususan, hududimizda soliq yuki keskin kamaytirilib, foyda, yer va mol-mulk soliqlari ikki baravarga, sanoat korxonalari uchun elektr energiyasi tariflari 15 foizga tushirilib, ijtimoiy soliq 1 foiz etib belgilangani – bu mahalliy tadbirkorlar va ishbilarmonlarga berilgan ulkan imkoniyatdir. Hududga millionlab investitsiyalar kirib kelayotgani, yirik loyihalarning poydevori qo‘yilayotgani ertangi farovon hayotimizning mustahkam poydevoridir. Ayniqsa, kasb-hunarga o‘qitish va zamonaviy texnologiyalarni o‘zlashtirish bo‘yicha boshlangan yangi tashabbuslar yoshlarimizning bandligini ta’minlashda muhim o‘rin tutmoqda.  

Deputat sifatida mening asosiy e’tiborim markazida — 1-Jolshilar saylov okrugi hududidagi aholining yashash sharoitlari, ularni qiynayotgan kundalik muammolar va ijtimoiy masalalarni hal etish turibdi. Okrugimizdagi mahallalarni aylanib, fuqarolar bilan o‘tkazilgan muloqotlar davomida ko‘tarilgan har bir haqli e’tiroz va takliflarni joyida o‘rganib, ularni hal etish yuzasidan mutasaddi tashkilotlarga deputatlik so‘rovlarini yubormoqdamiz. Bugun nafaqat yirik sanoat, balki har bir mahalla va xonadon kesimida kichik tadbirkorlik, hunarmandchilik va o‘z-o‘zini band qilish tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, bo‘sh turgan yerlardan unumli foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratmoqdamiz.  

Tashrif davomida ma’naviy-ma’rifiy jabhalarga ham alohida e’tibor qaratildi. Kelgusi yilda buyuk qoraqalpoq shoiri va mutafakkiri Berdaq G‘arg‘abay o‘g‘li tavalludining 200 yilligini xalqaro miqyosda munosib nishonlash, uning boy ilmiy va ijodiy merosini chuqur o‘rganish, raqamlashtirishhamda yoshlarimiz qalbiga singdirish bo‘yicha belgilab berilgan vazifalar milliy o‘zligimizni ulug‘lash yo‘lidagi ulkan qadam bo‘ldi.

Prezidentimizning Qoraqalpog‘istonga tashrifi barchamizdan yanada shijoat bilan ishlashni, xalq dardiga sherik bo‘lishni talab qiladi. Hududimizda boshlangan har bir xayrli tashabbus va o‘zgarishlar qat’iy jamoatchilik nazorati ostida amalga oshirilishini ta’minlaymiz. Ishonchim komilki, birlashib, bir yoqadan bosh chiqarib harakat qilsak, okrugimizda ham, butun respublikamizda ham turmush darajasi yanada yuksalib, ko‘zlangan ulkan marralarga albatta erishamiz.  

Xalq deputatlari Nukus shahar Kengashi deputati
A.Aymuratov

Slide 1 of 1