Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
МАКТАБЛАРНИНГ КУЗ-ҚИШ МАВСУМИГА ТАЙЁРГАРЛИГИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ТАДБИРКОРЛИК РИВОЖИ — ЯНГИ ИШ ЎРИНЛАРИ УЧУН МУҲИМ ОМИЛ
янв.21
ХОНАДОНБАЙ ИШЛАШ — БАРҚАРОР ДАРОМАД САРИ МУҲИМ ҚАДАМ
янв.21
ДЕПУТАТГА БИРИКТИРИЛГАН ҚОНУН ҲУЖЖАТЛАРИ ВА ТАШКИЛОТЛАР
янв.21
АҲОЛИ МУРОЖААТИ ЮЗАСИДАН ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
янв.21
КАМБАҒАЛЛИКДАН ЧИҚАРИШДА МАНЗИЛЛИ ВА ХОНАДОНБАЙ ЁНДАШУВ
янв.21
ЯНГИ КЎПРИК ҚУРИЛИШИ: СИФАТ ВА АҲОЛИ МУРОЖААТЛАРИ ЭЪТИБОРДА
янв.21
ДЕПУТАТЛИК ФАОЛИЯТИ ВА ОДОБ-АХЛОҚ МАСАЛАЛАРИ МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ЁШЛАР ЗИЁ МАСКАНИ» ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ — ЭЪТИБОР МАРКАЗИДА
#Munosabat 💳 Qoraqalpog‘istonda tadbirkorlik uchun moliyaviy imkoniyatlar kengaymoqda

💳 Qoraqalpog‘istonda tadbirkorlik uchun moliyaviy imkoniyatlar kengaymoqda

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi raisi, O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat Xidirbayev Rashid Xidirbayevich Prezident Shavkat Mirziyoyevning Qoraqalpog‘istonga tashrifi davomida tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha belgilangan yangi vazifalar yuzasidan o‘z munosabatini bildirdi.
“Qoraqalpog‘istonda tadbirkorlikni rivojlantirish va aholi daromadlarini oshirishga qaratilayotgan e’tibor, avvalo, hududdagi tashabbuskor fuqarolar uchun yangi imkoniyatlar yaratadi. Ayniqsa, moliyaviy resurslardan foydalanish shartlarining yanada qulaylashtirilishi muhim ahamiyatga ega.
Prezidentimiz tomonidan banklarning ishonchli mijozlari uchun 300 milliard so‘mlik, 16 foizli kredit liniyasi ochilishi belgilandi. Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi tomonidan 4 foizlik qism qoplab berilishi natijasida tadbirkor uchun kredit stavkasi 12 foizni tashkil etadi.

Shuningdek, oilaviy tadbirkorlik kreditlari stavkasining 17,5 foizdan 12 foizga tushirilishi aholining o‘z biznesini boshlashi va mavjud faoliyatini kengaytirishi uchun qo‘shimcha imkoniyat yaratadi. Kelgusi yilda ushbu yo‘nalishdagi resurslarning ikki baravar oshirilishi ham muhim qadamdir.

Eng muhimi, yaratilayotgan ushbu imkoniyatlardan joylarda samarali foydalanish, kredit mablag‘larini aniq loyihalarga yo‘naltirish va yangi daromad manbalarini yaratish masalasiga alohida e’tibor qaratish lozim.

📌 Tadbirkorlik uchun qulay moliyaviy sharoit — yangi loyihalar, yangi ish o‘rinlari va aholi daromadlarini oshirish uchun muhim imkoniyatdir.”

— Xidirbayev Rashid Xidirbayevich
Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi raisi.

Slide 1 of 1