Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
МАКТАБЛАРНИНГ КУЗ-ҚИШ МАВСУМИГА ТАЙЁРГАРЛИГИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ТАДБИРКОРЛИК РИВОЖИ — ЯНГИ ИШ ЎРИНЛАРИ УЧУН МУҲИМ ОМИЛ
янв.21
ХОНАДОНБАЙ ИШЛАШ — БАРҚАРОР ДАРОМАД САРИ МУҲИМ ҚАДАМ
янв.21
ДЕПУТАТГА БИРИКТИРИЛГАН ҚОНУН ҲУЖЖАТЛАРИ ВА ТАШКИЛОТЛАР
янв.21
АҲОЛИ МУРОЖААТИ ЮЗАСИДАН ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
янв.21
КАМБАҒАЛЛИКДАН ЧИҚАРИШДА МАНЗИЛЛИ ВА ХОНАДОНБАЙ ЁНДАШУВ
янв.21
ЯНГИ КЎПРИК ҚУРИЛИШИ: СИФАТ ВА АҲОЛИ МУРОЖААТЛАРИ ЭЪТИБОРДА
янв.21
ДЕПУТАТЛИК ФАОЛИЯТИ ВА ОДОБ-АХЛОҚ МАСАЛАЛАРИ МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ЁШЛАР ЗИЁ МАСКАНИ» ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ — ЭЪТИБОР МАРКАЗИДА
Yoshlar siyosati to‘g‘risidagi qonun ijrosi o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati F.Mamajonov tomonidan “Aziz tepa” MFY yoshlar yetakchisi X.Abdullayevning O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-406-sonli “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan olib borayotgan ishlari o‘rganildi.

O‘rganish davomida yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, kasb-hunarga o‘qitish hamda tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Jumladan, og‘ir toifadagi 2 nafar yoshdan 1 nafari doimiy ish bilan ta’minlangani, 3 nafar yosh bepul kasb-hunar o‘qitish kurslariga jalb etilgani, shuningdek, 2 nafar yoshga imtiyozli kredit ajratilishida amaliy yordam ko‘rsatilgani ma’lum bo‘ldi.

Mazkur ishlar yoshlarning bandligini ta’minlash, kasbiy ko‘nikmalarini oshirish va ularning mustaqil daromad manbaiga ega bo‘lishlari uchun yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanish muhimligini ko‘rsatmoqda.

O‘rganish jarayonida yoshlarning mavjud imkoniyatlardan foydalanishi, imtiyoz va ko‘maklardan foydalanish tartibi, murojaatlarni ko‘rib chiqish hamda ehtiyojmand yoshlarni qo‘llab-quvvatlash samaradorligini yanada oshirish masalalari yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 5