Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
МАКТАБЛАРНИНГ КУЗ-ҚИШ МАВСУМИГА ТАЙЁРГАРЛИГИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ТАДБИРКОРЛИК РИВОЖИ — ЯНГИ ИШ ЎРИНЛАРИ УЧУН МУҲИМ ОМИЛ
янв.21
ХОНАДОНБАЙ ИШЛАШ — БАРҚАРОР ДАРОМАД САРИ МУҲИМ ҚАДАМ
янв.21
ДЕПУТАТГА БИРИКТИРИЛГАН ҚОНУН ҲУЖЖАТЛАРИ ВА ТАШКИЛОТЛАР
янв.21
АҲОЛИ МУРОЖААТИ ЮЗАСИДАН ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
янв.21
КАМБАҒАЛЛИКДАН ЧИҚАРИШДА МАНЗИЛЛИ ВА ХОНАДОНБАЙ ЁНДАШУВ
янв.21
ЯНГИ КЎПРИК ҚУРИЛИШИ: СИФАТ ВА АҲОЛИ МУРОЖААТЛАРИ ЭЪТИБОРДА
янв.21
ДЕПУТАТЛИК ФАОЛИЯТИ ВА ОДОБ-АХЛОҚ МАСАЛАЛАРИ МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ЁШЛАР ЗИЁ МАСКАНИ» ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ — ЭЪТИБОР МАРКАЗИДА
Uchtepa tumanida navbatdagi deputatlik so'rovi chiqarildi

#deputatlik_nazorati_Uchtepa #deputat_sorovi

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi "22-Vatan" okrugi deputati Revtov Oleg Viktorovich tomonidan Uchtepa tumani hokimining qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikasiyalarni rivojlantirish, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari – tuman Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i Nurali Ismatovga navbatdagi deputatlik so'rovi chiqarildi.

📁 Vatan mahallasida navbatdagi o‘rganish ishlari tashkil etildib, o‘rganishda hududdagi mavjud muammolar, hududda amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlarining holati hamda aholini qiynayotgan muammolar bilan tanishilganligi, hududni o‘rganish davomida hududda maishiy chiqindilar o‘z vaqtida olib chiqilmayotgani natijasida ayrim joylarda chiqindilar to‘planib qolganligi aniqlanganligi qayd etilgan.

🕯 Mazkur holat mahalla hududining umumiy obodonlashtirish va sanitariya holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani, shuningdek, aholi hamda hududga tashrif buyuruvchilarning e’tirozlariga sabab bo‘layotgani ta’kidlangan.

⚠️ Yuqoridagilarni inobatga olib, ushbu deputatlik so'rovida quyidagi asosiy masalalar so'raldi:

✍️ Vatan mahalla aholisi uchun xizmat ko'rsatayotgan “Sentrion 24” hamda “Servis kommunal safiya” kommunal xizmat uy joy boshqarish servis kompaniyalari xodimlarining shtatlar jadvali (mutaxassisliklari bilan);

✍️ moddiy-texnik bazasining inventarizatsiyasi;

✍️ qaydlar daftaridagi aholi murojaatlarining tahliliy ma’lumotlari;

✍️ Vatan mahallasidagi ko‘p qavatli uylar uchun amalga oshirilgan ishlari (qurilish, ta’mirlash, obodonlashtirish) yuzasidan tegishli ma’lumotlar, smeta hujjatlari bilan birgalikda taqdim etish yuzasidan asoslantirilgan, asosli hamda tegishli hujjatlar bilan tasdiqlangan ma’lumotlar haqida belgilangan muddatda yozma ravishda asosli javob yuborish so'ralmoqda.

🗣 Deputatlik so‘rovida ko‘tarilgan masala yuzasidan o‘rganish natijalari hamda amalga oshiriladigan ishlar bo‘yicha 10 kun muddatda asoslantirilgan ma’lumot taqdim etish talabi qo‘yilgan. Mazkur masala deputat tomonidan nazoratga olingan.

Slide 1 of 3