Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
МАКТАБЛАРНИНГ КУЗ-ҚИШ МАВСУМИГА ТАЙЁРГАРЛИГИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ТАДБИРКОРЛИК РИВОЖИ — ЯНГИ ИШ ЎРИНЛАРИ УЧУН МУҲИМ ОМИЛ
янв.21
ХОНАДОНБАЙ ИШЛАШ — БАРҚАРОР ДАРОМАД САРИ МУҲИМ ҚАДАМ
янв.21
ДЕПУТАТГА БИРИКТИРИЛГАН ҚОНУН ҲУЖЖАТЛАРИ ВА ТАШКИЛОТЛАР
янв.21
АҲОЛИ МУРОЖААТИ ЮЗАСИДАН ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
янв.21
КАМБАҒАЛЛИКДАН ЧИҚАРИШДА МАНЗИЛЛИ ВА ХОНАДОНБАЙ ЁНДАШУВ
янв.21
ЯНГИ КЎПРИК ҚУРИЛИШИ: СИФАТ ВА АҲОЛИ МУРОЖААТЛАРИ ЭЪТИБОРДА
янв.21
ДЕПУТАТЛИК ФАОЛИЯТИ ВА ОДОБ-АХЛОҚ МАСАЛАЛАРИ МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ЁШЛАР ЗИЁ МАСКАНИ» ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ — ЭЪТИБОР МАРКАЗИДА
Yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirish borasidagi ishlar o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati F.Mamajonov tomonidan “Aziz tepa” mahalla fuqarolar yig‘inida yoshlar yetakchisi X.Abdullayevning O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-406-sonli “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini ta’minlash borasida olib borayotgan ishlari o‘rganildi.

O‘tkazilgan uchrashuv va o‘rganish ishlarida Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Nosirov, bosh mutaxassislari X.Abdullayev va A.Adxamovlar ishtirok etib, amaliy ko‘mak ko‘rsatdilar.

O‘rganish davomida mahallada yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, kasb-hunarga yo‘naltirish hamda mavjud imtiyoz va imkoniyatlardan samarali foydalanish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.

‍Jumladan, “Aziz tepa” MFY, Aziz tepa ko‘chasi, 45-uyda yashovchi fuqaro F.Matg‘ofurovning vaucher asosida kasb-hunarga yo‘naltirilgani ma’lum bo‘ldi.

Shuningdek, fuqarolarning mavjud imtiyozlardan foydalanish imkoniyatlari, vaucher va yo‘llanmalarni ajratish mezonlari, murojaatlarni ko‘rib chiqish tartibi hamda ehtiyojmand fuqarolarga xizmat ko‘rsatish samaradorligini yanada oshirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 4