Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Кунлик вазифалар белгилаб олинди
янв.21
Сайловчилар олдидаги ҳисобот — ишонч ва масъулият ифодаси
янв.21
Зарбдор маҳалласида фуқаро мурожаати ўрганилди
янв.21
Депутат ва ёшлар: муаммо, таклиф ва ечим
янв.21
Кўчама-кўча ўрганишлар — аҳоли ташвишларига ечим излаб
янв.21
33-сонли мактабнинг иситиш тизимидаги муаммо — депутат эътиборида
янв.21
Таълимга эътибор — амалий кўмакда намоён
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотининг кадастр муаммоси — депутат эътиборида
янв.21
10-сонли мактабгача таълим ташкилотида куз-қишга тайёргарлик ва мавжуд муаммолар ўрганилди
янв.21
ЁШЛАРНИНГ ВАТАНГА САДОҚАТИ — ЮРТ КЕЛАЖАГИГА ИШОНЧ
“Qishloqozon” mahallasida yangi loyihalar amalga oshiriladi

#kotibiyat_mudiri_faoliyati #nazorat_tahlil

“Qishloqozon” mahallasida yangi loyihalar amalga oshiriladi

Qiziriq tumanidagi navbatdagi o'rganish senator A.Eshmuratov tomonidan Qiziriq tumanining “Qishloqozon” mahallasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-oktabrdagi PQ-298-son qarori asosida “Taraqqiyot va yetakchilik maskani” dasturi doirasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihalar o‘rganildi.

Mazkur dastur doirasida hokimlik zaxirasida bo‘lgan 5,6 gektar yer maydonini master-reja asosida zarur infratuzilma bilan ta’minlash, hududda zamonaviy ko‘ngilochar markaz, savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlarini barpo etish ko‘zda tutilgan.

Loyiha doirasida:
⏺ istirohat bog‘i va sayilgoh tashkil etish;
⏺ amfiteatr qurish;
⏺ 2 dona transformator o‘rnatish;
⏺ 3 kilometr elektr tarmoqlarini tortish;
⏺ 2 kilometr yo‘lga asfalt yotqizish;
⏺ 2 ta obyektni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish;
⏺ 2 kilometr lotok o‘rnatish;
⏺ 2 kilometr ichimlik suvi tarmog‘ini tortish;
⏺ 3 kilometr piyodalar va veloyo‘laklar barpo etish rejalashtirilgan.

Mazkur jarayonda xalq deputatlari viloyat Kengashi kotibiyati mudiri Sh.Boyqulov, Qiziriq tumani hokimi Sh.Allamurotov, xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi kotibiyati mudiri K.Muhammadiyev, tuman Kengashi deputatlari hamda loyiha mas’ullari, tegishli tashkilot va mutasaddilar ishtirok etdi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 6