Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Кунлик вазифалар белгилаб олинди
янв.21
Сайловчилар олдидаги ҳисобот — ишонч ва масъулият ифодаси
янв.21
Депутат ва ёшлар: муаммо, таклиф ва ечим
янв.21
Зарбдор маҳалласида фуқаро мурожаати ўрганилди
янв.21
Кўчама-кўча ўрганишлар — аҳоли ташвишларига ечим излаб
янв.21
33-сонли мактабнинг иситиш тизимидаги муаммо — депутат эътиборида
янв.21
Таълимга эътибор — амалий кўмакда намоён
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотининг кадастр муаммоси — депутат эътиборида
янв.21
10-сонли мактабгача таълим ташкилотида куз-қишга тайёргарлик ва мавжуд муаммолар ўрганилди
янв.21
ЁШЛАРНИНГ ВАТАНГА САДОҚАТИ — ЮРТ КЕЛАЖАГИГА ИШОНЧ
“Yetimqum” mahallasida hokim yordamchisi va yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi

#KQ_35_ijrosi #kotibiyat_xodimi_faoliyati
#mahalla_yettiligi_bilan_hamkorlik #24_ta_masala

“Yetimqum” mahallasida hokim yordamchisi va yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashiga 10-Yetimqum saylov okrugidan saylangan deputat B.Ochildiyevning saylov okrugidagi “Yetimqum” mahallasida tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi A.Mamarajabov tomonidan mahalla hokim yordamchisi hamda yoshlar yetakchisi faoliyati bilan tanishish bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 14-yanvardagi KQ-35-V-son “Hududlarni rivojlantirish hamda aholi muammolarini hal etishda mahalliy Kengashlar deputatlari va senatorlarning “mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida amalga oshirildi.

O‘rganish davomida hokim yordamchisi tomonidan mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlash, aholi, ayniqsa, ishsiz fuqarolarni bandlikka jalb etish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda aholining muammolarini aniqlash va hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, yoshlar yetakchisining yoshlar bilan ishlashi, ularning bandligini ta’minlash, muammolarini o‘rganish, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda ehtiyojmand yoshlarga amaliy ko‘mak ko‘rsatish borasidagi faoliyati tahlil qilindi.

Bundan tashqari, mahalladagi mavjud muammolarni aniqlash, ularni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish hamda aholi manfaatlarini ifodalashda mahalliy Kengash deputati va “mahalla yettiligi” o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalarni bartaraf etish, aholi va yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish hamda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 4