Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Кунлик вазифалар белгилаб олинди
янв.21
Сайловчилар олдидаги ҳисобот — ишонч ва масъулият ифодаси
янв.21
Депутат ва ёшлар: муаммо, таклиф ва ечим
янв.21
Зарбдор маҳалласида фуқаро мурожаати ўрганилди
янв.21
Кўчама-кўча ўрганишлар — аҳоли ташвишларига ечим излаб
янв.21
33-сонли мактабнинг иситиш тизимидаги муаммо — депутат эътиборида
янв.21
Таълимга эътибор — амалий кўмакда намоён
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотининг кадастр муаммоси — депутат эътиборида
янв.21
10-сонли мактабгача таълим ташкилотида куз-қишга тайёргарлик ва мавжуд муаммолар ўрганилди
янв.21
ЁШЛАРНИНГ ВАТАНГА САДОҚАТИ — ЮРТ КЕЛАЖАГИГА ИШОНЧ
6-MAKTABDA TA’LIM-TARBIYA JARAYONI O‘RGANILDI

Do‘stlik MFY Chakand qishlog‘idagi 6-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida ta’lim-tarbiya jarayonining tashkil etilishi, o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar hamda mavjud imkoniyatlardan foydalanish holati o‘rganildi.

Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi deputati, tuman Kengashi ekspert guruhi vakili H. Qudratov tomonidan maktabdagi mavjud holat bilan yaqindan tanishildi.

O‘rganish davomida o‘quv mashg‘ulotlarining tashkil etilishi, pedagoglar faoliyati, o‘quvchilarning davomati va ta’lim olish sharoitlari ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, maktabda o‘quvchilar uchun yaratilgan imkoniyatlar hamda ta’lim sifatini yanada yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Maktab rahbariyati va pedagoglar bilan suhbat davomida mavjud masalalar, ularni bartaraf etish imkoniyatlari hamda o‘quv-tarbiya jarayonini yanada takomillashtirish bo‘yicha fikr almashildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalarni bartaraf etish, ta’lim jarayonini samarali tashkil etish va o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlarni yanada yaxshilash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 2