Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Кунлик вазифалар белгилаб олинди
янв.21
Сайловчилар олдидаги ҳисобот — ишонч ва масъулият ифодаси
янв.21
Зарбдор маҳалласида фуқаро мурожаати ўрганилди
янв.21
Депутат ва ёшлар: муаммо, таклиф ва ечим
янв.21
Кўчама-кўча ўрганишлар — аҳоли ташвишларига ечим излаб
янв.21
33-сонли мактабнинг иситиш тизимидаги муаммо — депутат эътиборида
янв.21
Таълимга эътибор — амалий кўмакда намоён
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотининг кадастр муаммоси — депутат эътиборида
янв.21
10-сонли мактабгача таълим ташкилотида куз-қишга тайёргарлик ва мавжуд муаммолар ўрганилди
янв.21
ЁШЛАРНИНГ ВАТАНГА САДОҚАТИ — ЮРТ КЕЛАЖАГИГА ИШОНЧ
HAVOTOG‘DA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH BO‘YICHA VAZIFALAR BELGILANDI

Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi Kotibiyati mudiri, deputat V. Xasanov Havotog‘ QFYda mahallaga biriktirilgan vakil, tuman iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i o'rinbosari B. Normatov bilan birgalikda hududda kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash va fuqarolar daromadlarini oshirish borasida amalga oshiriladigan vazifalarni muhokama qildi.

Muloqot davomida mahalladagi ijtimoiy-iqtisodiy holat, ish bilan ta’minlashga ehtiyoji bo‘lgan fuqarolar, daromad manbasini yaratish imkoniyatlari hamda tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish istagidagi aholi bilan ishlash masalalariga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, mahallaga biriktirilgan vakil bilan hamkorlikda ehtiyojmand oilalarni manzilli qo‘llab-quvvatlash, ishsiz fuqarolarni doimiy yoki mavsumiy ish bilan ta’minlash, kasb-hunarga yo‘naltirish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va yangi daromad manbalarini yaratish bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar kelishib olindi.

Aholining daromadlarini oshirish maqsadida mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, fuqarolarning mehnat salohiyatini ro‘yobga chiqarish hamda mahalladagi muammolarni xonadonbay o‘rganish orqali manzilli choralarni belgilashga alohida e’tibor qaratildi.

Deputat va mahallaga biriktirilgan vakil tomonidan belgilangan vazifalarni izchil amalga oshirish, har bir yo‘nalish bo‘yicha natijadorlikni ta’minlash hamda amalga oshirilgan ishlarni muntazam muhokama qilib borish bo‘yicha o‘zaro kelishib olindi.

Slide 1 of 1