Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Кунлик вазифалар белгилаб олинди
янв.21
Сайловчилар олдидаги ҳисобот — ишонч ва масъулият ифодаси
янв.21
Депутат ва ёшлар: муаммо, таклиф ва ечим
янв.21
Зарбдор маҳалласида фуқаро мурожаати ўрганилди
янв.21
Кўчама-кўча ўрганишлар — аҳоли ташвишларига ечим излаб
янв.21
33-сонли мактабнинг иситиш тизимидаги муаммо — депутат эътиборида
янв.21
Таълимга эътибор — амалий кўмакда намоён
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотининг кадастр муаммоси — депутат эътиборида
янв.21
10-сонли мактабгача таълим ташкилотида куз-қишга тайёргарлик ва мавжуд муаммолар ўрганилди
янв.21
ЁШЛАРНИНГ ВАТАНГА САДОҚАТИ — ЮРТ КЕЛАЖАГИГА ИШОНЧ
QISQA MUDDATLI GURUHLARDA BOLALAR UCHUN YARATILGAN IMKONIYATLAR KO‘ZDAN KECHIRILDI

Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi deputati G. Raimova tomonidan 3-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotining qisqa muddatli guruhida tarbiyalanayotgan bolalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar yaqindan ko‘zdan kechirildi.

Tashrif davomida qisqa muddatli guruh faoliyatining tashkil etilishi, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, guruh xonasining jihozlanishi va bolalarning ta’lim-tarbiya jarayonida faol ishtirok etishi uchun mavjud imkoniyatlarga e’tibor qaratildi.

Xususan, bolalar mashg‘ulotlarni qulay muhitda olib borishi, ularning yosh xususiyatlariga mos o‘quv va ko‘rgazmali vositalardan foydalanishi, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishi uchun yaratilgan imkoniyatlar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, mashg‘ulotlar jarayonida bolalarning maktab ta’limiga tayyorgarligini shakllantirish, ularning fikrlash qobiliyati, dunyoqarashi va mustaqil faoliyat ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan ishlar bilan tanishildi.

Guruh xonasining sanitariya-gigiyena holati, jihozlarning bolalar foydalanishi uchun qulayligi, xavfsizlik talablariga rioya etilishi hamda tarbiyalanuvchilar uchun sog‘lom va xavfsiz muhit yaratilganligiga alohida e’tibor qaratildi.

Tashrif davomida mas’ullar bilan suhbatlashilib, qisqa muddatli guruhlar faoliyatini yanada samarali tashkil etish, bolalar uchun yaratilgan sharoitlarni doimiy ravishda yaxshilab borish hamda mavjud muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Slide 1 of 3