Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Кунлик вазифалар белгилаб олинди
янв.21
Сайловчилар олдидаги ҳисобот — ишонч ва масъулият ифодаси
янв.21
Депутат ва ёшлар: муаммо, таклиф ва ечим
янв.21
Зарбдор маҳалласида фуқаро мурожаати ўрганилди
янв.21
Кўчама-кўча ўрганишлар — аҳоли ташвишларига ечим излаб
янв.21
33-сонли мактабнинг иситиш тизимидаги муаммо — депутат эътиборида
янв.21
Таълимга эътибор — амалий кўмакда намоён
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотининг кадастр муаммоси — депутат эътиборида
янв.21
10-сонли мактабгача таълим ташкилотида куз-қишга тайёргарлик ва мавжуд муаммолар ўрганилди
янв.21
ЁШЛАРНИНГ ВАТАНГА САДОҚАТИ — ЮРТ КЕЛАЖАГИГА ИШОНЧ
KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH — MANZILLI YORDAMDAN BOSHLANADI

Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi Kotibiyati mudiri, deputat V. Xasanov tomonidan tuman hokimining birinchi o‘rinbosari bilan hamkorlikda Qo‘shqand qishlog‘ida kambag‘allik reyestrida turuvchi fuqaro Siddiqova Marfatning oilaviy va ijtimoiy holati manzilli ravishda o‘rganildi.

O‘rganish davomida oilaning yashash sharoiti, ijtimoiy-iqtisodiy holati, oila a’zolarining bandligi, daromad manbalari hamda mavjud muammolari bilan yaqindan tanishildi.

Oila a’zolari bilan suhbat davomida ularni qiynayotgan masalalar tinglanib, mavjud ehtiyojlardan kelib chiqib, oilani qo‘llab-quvvatlash va ijtimoiy sharoitini yaxshilash imkoniyatlari muhokama qilindi.

Aniqlangan masalalarni hal etish maqsadida tegishli mutasaddilar bilan hamkorlikda zarur yordam choralarini ko‘rish bo‘yicha amaliy vazifalar belgilandi.

Shuningdek, oilaning kelgusida barqaror daromad manbaiga ega bo‘lishi, bandlik imkoniyatlaridan foydalanishi va kambag‘allikdan chiqishiga ko‘maklashish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Slide 1 of 1