Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Кунлик вазифалар белгилаб олинди
янв.21
Сайловчилар олдидаги ҳисобот — ишонч ва масъулият ифодаси
янв.21
Депутат ва ёшлар: муаммо, таклиф ва ечим
янв.21
Зарбдор маҳалласида фуқаро мурожаати ўрганилди
янв.21
Кўчама-кўча ўрганишлар — аҳоли ташвишларига ечим излаб
янв.21
33-сонли мактабнинг иситиш тизимидаги муаммо — депутат эътиборида
янв.21
Таълимга эътибор — амалий кўмакда намоён
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотининг кадастр муаммоси — депутат эътиборида
янв.21
10-сонли мактабгача таълим ташкилотида куз-қишга тайёргарлик ва мавжуд муаммолар ўрганилди
янв.21
ЁШЛАРНИНГ ВАТАНГА САДОҚАТИ — ЮРТ КЕЛАЖАГИГА ИШОНЧ
TADBIRKORLIK TASHABBUSI — YANGI IMKONIYATLAR DEMAK

Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi deputati G. Raimova tomonidan Sarmich mahallasining Jo‘langar qishlog‘ida tadbirkor tomonidan qurilayotgan savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchasining holati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganish davomida qurilish ishlarining borishi, obyektning tayyorgarlik holati, kelgusida aholiga ko‘rsatilishi rejalashtirilayotgan savdo va xizmat turlari hamda tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, muloqot davomida loyihani amalga oshirish jarayonida yuzaga kelayotgan masalalar, mazkur loyihaning hudud aholisi uchun yaratiladigan qulayliklari, yangi ish o‘rinlari tashkil etish va qo‘shimcha daromad manbalarini yaratish imkoniyatlariga e’tibor qaratildi.

O‘rganish yakunida qurilish ishlarini jadallashtirish, mavjud muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish, obyektni belgilangan tartibda foydalanishga topshirish hamda faoliyatni to‘liq yo‘lga qo‘yish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.

Slide 1 of 2