Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Кунлик вазифалар белгилаб олинди
янв.21
Сайловчилар олдидаги ҳисобот — ишонч ва масъулият ифодаси
янв.21
Зарбдор маҳалласида фуқаро мурожаати ўрганилди
янв.21
Депутат ва ёшлар: муаммо, таклиф ва ечим
янв.21
Кўчама-кўча ўрганишлар — аҳоли ташвишларига ечим излаб
янв.21
33-сонли мактабнинг иситиш тизимидаги муаммо — депутат эътиборида
янв.21
Таълимга эътибор — амалий кўмакда намоён
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотининг кадастр муаммоси — депутат эътиборида
янв.21
10-сонли мактабгача таълим ташкилотида куз-қишга тайёргарлик ва мавжуд муаммолар ўрганилди
янв.21
ЁШЛАРНИНГ ВАТАНГА САДОҚАТИ — ЮРТ КЕЛАЖАГИГА ИШОНЧ
KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH VA AHOLI DAROMADLARINI OSHIRISH — MUHIM VAZIFA

Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi raisi, deputat X. Tilakov tomonidan Sovot QFYda mahalla mutasaddilari tomonidan kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda erishilgan natijalar muhokama qilindi.

Muhokama davomida hududda kambag‘al oilalarni aniqlash va ularning holatini o‘rganish, mehnatga layoqatli fuqarolarni bandlikka jalb etish, oilalarga doimiy daromad manbalarini yaratish hamda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish borasida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi.

Shuningdek, fuqarolarni ish bilan ta’minlash, o‘zini o‘zi band qilish, kasb-hunarga yo‘naltirish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish orqali oilalar daromadlarini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Erishilgan natijalar bilan bir qatorda, hali yechimini kutayotgan masalalar, kambag‘allikdan chiqarilishi lozim bo‘lgan oilalar bilan manzilli ishlash, ularning daromadini oshirishga qaratilgan aniq choralarni belgilash yuzasidan fikr almashildi.

Muhokama yakunida har bir oilaning holatidan kelib chiqib individual ishlash, bandlik va daromad manbalarini kengaytirish, tadbirkorlik imkoniyatlaridan samarali foydalanish hamda belgilangan vazifalar ijrosini kuchaytirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Mazkur yo‘nalishdagi ishlarning amaliy natijalari va belgilangan vazifalar ijrosi deputatlik nazorati doirasida kuzatib boriladi.

Slide 1 of 1