Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Кунлик вазифалар белгилаб олинди
янв.21
Сайловчилар олдидаги ҳисобот — ишонч ва масъулият ифодаси
янв.21
Депутат ва ёшлар: муаммо, таклиф ва ечим
янв.21
Зарбдор маҳалласида фуқаро мурожаати ўрганилди
янв.21
Кўчама-кўча ўрганишлар — аҳоли ташвишларига ечим излаб
янв.21
33-сонли мактабнинг иситиш тизимидаги муаммо — депутат эътиборида
янв.21
Таълимга эътибор — амалий кўмакда намоён
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотининг кадастр муаммоси — депутат эътиборида
янв.21
10-сонли мактабгача таълим ташкилотида куз-қишга тайёргарлик ва мавжуд муаммолар ўрганилди
янв.21
ЁШЛАРНИНГ ВАТАНГА САДОҚАТИ — ЮРТ КЕЛАЖАГИГА ИШОНЧ
16-SONLI MAKTABDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK — DEPUTATLIK NAZORATIDA

Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi raisi, deputat X. Tilakov tomonidan 16-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganish davomida maktab binosi va o‘quv xonalarining mavsumga tayyorgarligi, isitish tizimi va qozonxonaning holati, o‘quvchilar uchun issiq va qulay sharoit yaratish imkoniyatlari ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, isitish tizimining texnik sozligi, qozonxonaning mavsum davomida barqaror ishlashi, zarur yoqilg‘i — ko‘mir bilan ta’minlanganlik holati va mavjud zaxiralar masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Bundan tashqari, maktab hududining obodonlashtirilishi, ichki yo‘laklar va xavfsizlik holati ham ko‘rib chiqilib, kuz-qish mavsumida ta’lim jarayonini uzluksiz tashkil etish uchun zarur sharoitlarni ta’minlash masalalari muhokama qilindi.

O‘rganish yakunida qozonxona va isitish tizimini mavsumga to‘liq tayyor holatga keltirish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda o‘quvchilar uchun zarur sharoitlarni ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 2