Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Кунлик вазифалар белгилаб олинди
янв.21
Сайловчилар олдидаги ҳисобот — ишонч ва масъулият ифодаси
янв.21
Зарбдор маҳалласида фуқаро мурожаати ўрганилди
янв.21
Депутат ва ёшлар: муаммо, таклиф ва ечим
янв.21
Кўчама-кўча ўрганишлар — аҳоли ташвишларига ечим излаб
янв.21
33-сонли мактабнинг иситиш тизимидаги муаммо — депутат эътиборида
янв.21
Таълимга эътибор — амалий кўмакда намоён
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотининг кадастр муаммоси — депутат эътиборида
янв.21
10-сонли мактабгача таълим ташкилотида куз-қишга тайёргарлик ва мавжуд муаммолар ўрганилди
янв.21
ЁШЛАРНИНГ ВАТАНГА САДОҚАТИ — ЮРТ КЕЛАЖАГИГА ИШОНЧ
Amudaryo tumanidagi o‘rganishlar davomida partiya ishchi guruhi va Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi deputatlari hamda Kotibiyat mudiri M.Urazbayev Ijtimoiy himoya milliy agentligining tuman bo‘limida bo‘ldi.
Shuningdek, hududda 6 409 nafar nogironligi bo‘lgan shaxs istiqomat qiladi. Ular orasida 995 nafar bola bor. Muloqotda ularga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar, ehtiyojlariga mos ko‘makni tashkil etish masalalariga alohida to‘xtaldi.

2026-yilning o‘tgan davrida «Saxovat va ko‘mak» jamg‘armasi hisobidan 694 nafar fuqaroga jami 2 milliard 24 million 683 ming so‘m ijtimoiy yordam ko‘rsatilgan. Shuningdek, tuman hokimligi huzuridagi «Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik» jamg‘armasiga 1 milliard 486 million so‘m mablag‘ o‘tkazib berilgan.

O‘rganishda yordamning fuqarolarga qay darajada yetib borayotgani, ularning muammolari qanday hal etilayotganiga e’tibor qaratildi. Soha xodimlarining fikr va takliflari tinglanib, xizmatlar sifatini oshirish hamda ehtiyojmand insonlarni qo‘llab-quvvatlash ishlarini yaxshilash yo‘llarini muhokama qilindi.

Zero, ijtimoiy himoyada muammoni aniqlash, insonning ehtiyojini o‘rganish, unga mos xizmat ko‘rsatish va natijani kuzatib borish o‘zaro bog‘liq jarayon bo‘lishi zarur.
Slide 1 of 4