Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Кунлик вазифалар белгилаб олинди
янв.21
Сайловчилар олдидаги ҳисобот — ишонч ва масъулият ифодаси
янв.21
Депутат ва ёшлар: муаммо, таклиф ва ечим
янв.21
Зарбдор маҳалласида фуқаро мурожаати ўрганилди
янв.21
Кўчама-кўча ўрганишлар — аҳоли ташвишларига ечим излаб
янв.21
33-сонли мактабнинг иситиш тизимидаги муаммо — депутат эътиборида
янв.21
Таълимга эътибор — амалий кўмакда намоён
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотининг кадастр муаммоси — депутат эътиборида
янв.21
10-сонли мактабгача таълим ташкилотида куз-қишга тайёргарлик ва мавжуд муаммолар ўрганилди
янв.21
ЁШЛАРНИНГ ВАТАНГА САДОҚАТИ — ЮРТ КЕЛАЖАГИГА ИШОНЧ
Dehqon bozorida asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlari o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat Yo.Xolmurotov Markaziy dehqon bozoridagi asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlari bo‘yicha o‘rganish o‘tkazdi.

🟢O‘rganish davomida bozorda aholi uchun kundalik ehtiyoj hisoblangan go‘sht va go‘sht mahsulotlari, un, guruch, yog‘-moy mahsulotlari, shakar, kartoshka, piyoz, sabzi va boshqa asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining savdosi hamda ularning aholi uchun mavjudligi o‘rganildi. Bozorda asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari yetarli miqdorda mavjudligi, savdo rastalarida mahsulotlar uzluksiz sotilayotgani hamda ayrim mahsulotlar bo‘yicha zarur zaxiralar shakllantirilgani ma’lum bo‘ldi.

🟢Shuningdek, bozor mas’ullari bilan muloqot qilinib, aholining kundalik ehtiyojini ta’minlash, mahsulotlar ta’minotida uzilishlarga yo‘l qo‘ymaslik va bozorda oziq-ovqat mahsulotlari zaxirasini yetarli darajada saqlab turish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

🟢Deputat tomonidan bozorda narxlarning asossiz ravishda oshib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik, savdo jarayonlarida qonunchilik talablariga rioya etilishini ta’minlash, mahsulotlarning sifati va xavfsizligiga e’tibor qaratish muhimligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 3